» » Ashxobod aholisining oylik maoshidan Lebop viloyatini qayta tiklash uchun 300 manatdan bosib qolingani ma’lum bo‘ldi

Ashxobod aholisining oylik maoshidan Lebop viloyatini qayta tiklash uchun 300 manatdan bosib qolingani ma’lum bo‘ldi


Turkmaniston poytaxtidagi bir qator tashkilotlar, xususan, IIV, ta’lim tizimi va madaniyat sohasi xodimlari, avtobus va taksi haydovchilari, “Ashxobodqurilish” quruvchilari va boshqa korxona va tashkilot ishchilarining aprel oyidagi maoshidan Lebop viloyatiga yopirilgan dovul oqibatlarini bartaraf etish uchun 200-300 manat (qariyb 870 ming so‘m)dan bosib qolindi, deb xabar beradi “Xronika Turkmenistana”.

Ta’kidlanishicha, aholi bu haqida oldindan ogohlantirilmagan.

Masalan, “Turkmangaz” davlat konserni xodimlarining maoshidan 300 manatdan bosib qolingan. Ular bu borada rahbariyatga murojaat qilganida pullar Lebop viloyatiga yopirilgan dovul oqibatida jabrlanganlarga yo‘naltirilishi bildirilgan.

“Biz muhtojlarga yordam berishdan xursandmiz. Biroq rahbarimiz bizni yig‘ib, vaziyatni tushuntirishi va ixtiyoriy ravishda pul so‘rashi mumkin edi”, — deydi ishchilardan biri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mablag‘larni yig‘ish borasidagi buyruq og‘zaki ravishda berilgan.

Avvalroq Turkmanistonning Lebop viloyati markazi bo‘lgan Temiryo‘l tumanida hukumat 27-aprel, 4 va 13-may kunlari yopirilgan dovul oqibatlarini bartaraf etmayotgani tufayli mahalliy aholi norozilik namoyishiga chiqqani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonning bir qator viloyatlarida 27-aprel kuni kechasi yomg‘ir aralash kuchli shamol yopirilgan, ular orasida Lebop viloyati ko‘proq zarar ko‘rgandi. Hodisa oqibatida Lebop viloyatida aloqa tarmoqlari ishlamay qolgan, mobil telefonlarga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati yo‘qolgan, politsiya tomonidan Mari va Lebop viloyatlarini bog‘lovchi yo‘l yopib qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют