» » Buxoroda bog‘cha mudirasi ishga qabul qilish uchun fuqarodan 300 dollar pora so‘radi

Buxoroda bog‘cha mudirasi ishga qabul qilish uchun fuqarodan 300 dollar pora so‘radi


Buxoro tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari tarbiyachi vazifasiga ishga qabul qilish evaziga fuqarodan 300 dollar pora so‘radi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tuman sudi raisi Nozimjon Jo‘rayev ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, 2019-yilning noyabr oyida fuqaro Mastura Turopova (barcha ism-familiyalar o‘zgartirilgan) tumandagi 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbaridan ish so‘rab murojaat qilgan. Bog‘cha mudirasi Madina Jo‘rayeva qulay fursatni boy bermay, yordamchi tarbiyachi bo‘lib ishlayotgan Mavluda Rajabova bilan kelishib, fuqaroga ishga kirish uchun 300 dollar berishi lozimligini uqtiradi.

Mavluda Rajabova orqali ishga kirish “stavka”sini eshitgan Mastura Turopova ertasiga 300 dollar emas, 300 ming so‘m olib keladi. Yordamchi tarbiyachi esa bog‘cha mudirasi bunga ko‘nmasligini, aks holda boshqa kishini ishga qabul qilishi mumkinligini aytib, kelishilgan pulni to‘liq berganidan so‘nggina ishni boshlashini bildiradi. Mastura Turopova nailoj rozi bo‘lib, tashkilot binosidan chiqib ketadi va holat bo‘yicha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning Buxoro tuman bo‘limiga murojaat qiladi.

Shu kuni oradan to‘rt-besh soat o‘tgach, Mastura Turopova maxsus ishlov berilgan 300 dollar pulni bog‘chaga olib boradi. Va yordamchi tarbiyachiga beradi. Tarbiyachi esa pulni olib, xona markazidagi stol ostidagi tortmaga joylashtiradi va Mastura Turopovaga ishni boshlashi mumkinligini aytadi.

Huquq-tartibot xodimlari esa tadbirni davom ettirib, bog‘cha mudirasini pora ustida qo‘lga olgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tuman sudi bog‘cha mudirasini Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismining “v” bandi (Pora olish) bilan aybli deb topib, uni ikki yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, to‘rt yilga ozodlikni cheklash haqida hukm chiqardi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 02:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют