» » Albaniya prezidentining rafiqasi teatr buzilishiga qarshi namoyishda qatnashgani uchun hibsga olindi

Albaniya prezidentining rafiqasi teatr buzilishiga qarshi namoyishda qatnashgani uchun hibsga olindi


Albaniya prezidentining rafiqasi Monika Krimadi Tirana shahrida poytaxtning eng diqqatga sazovor maskanlaridan biri Milliy teatr buzilishiga qarshi namoyishda ishtirok etgani uchun hibsga olingan. Bu haqda Albanian Daily News xabar qilgan.

2018-yilda mamlakat bosh vaziri Edi Rama 1939-yilda qurilgan teatrga juda ham ko‘p mablag‘ sarflanayotgani uchun binoni buzishga buyruq bergandi. Rama uning o‘rnida haykal va yangi teatr binosi qurilishini qayd etgan. Bu shahar aholisining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan.

17-may tongida shaharda yashovchi fuqrolar teatrni o‘rab olib, uning buzilishiga qarshi namoyish o‘tkazdi. Norozilik bildirgan olomon ichida prezidentning rafiqasi, parlament a’zosi va Sotsialistik partiya yetakchisi Monika Krimadi ham bo‘lgan. U namoyish o‘tkazayotgan xalqni qo‘llab-quvvatlab, prokuraturadan fuqarolarga qarshi chiqayotgan politsiyachilarga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Keyinroq Krimadi va yana bir nechta namoyishchilar hibsga olingan. Olomon baribir hukumatning qaroriga qarshi chiqa olmadi, teatr binosi 18-may tongida buzib tashlandi.

Albanian Daily News gazetasining yozishicha, Monika Krimadi politsiya mahkamasidan chiqarilgan. Uning eri mamlakat prezidenti Ilir Meta binoning buzilishiga izoh berib, sodir bo‘lgan voqeani kechirilmas jinoyat deb atagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют