» » Shimoliy Koreyada koronavirus sababli xorijliklar uchun joriy qilingan bir qator cheklovlar olib tashlanadi

Shimoliy Koreyada koronavirus sababli xorijliklar uchun joriy qilingan bir qator cheklovlar olib tashlanadi


KXDR koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida xorijliklar uchun joriy qilingan bir qator cheklovlarni olib tashlaydi. Bu haqda Rossiyaning Pxenyandagi elchixonasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

KXDR Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yo‘llangan notaga ko‘ra, xorijiy fuqarolarga Pxenyandagi bir nechta savdo do‘koniga tashrif buyurishga qaytadan ruxsat etilgan.

Rossiya elchixonasidan ma’lum qilinishicha, mazkur cheklovlarning yengillashtirilishi KXDR rahbariyati tomonidan mamlakatga yangi turdagi koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini ko‘satmoqda.

KXDR rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur mamlakatda koronavirus bilan kasallanish holatlari mavjud emas.

Mavzuga doir: Koronavirus rasman aniqlanmagan KXDR epidemiyaga qarshi kurash uchun yordam qabul qilishni boshladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 05:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют