» » Andijon viloyatida intensiv baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi

Andijon viloyatida intensiv baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi


Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanida baliqchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar tashkil etilib, intensiv baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Andijon viloyat hokimligining ma’lum qilishicha, 2020-yil 7-may kuni Prezident rahbarligida bo‘lib o‘tgan videoselektorda Andijon, Navoiy hamda Surxondaryo viloyatining tuman va shaharlari iqtisodiy salohiyatini oshirish, aholi farovonligini yuksaltirish va oilalarni kambag‘allikdan chiqarish zarurligi ta’kidlangan.

“Buning uchun uchta yo‘nalish — sanoatni rivojlantirish va xomashyoni qayta ishlash, xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rivojlantirish kerakligi aytilgan edi”, — deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.

Mazkur topshiriqqa ko‘ra, Ulug‘nor tumanining Jalaquduq dahasida baliqchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarni tashkil etish va faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida 60 gektardan ortiq bo‘sh, foydalanilmayotgan yerga intensiv baliq yetishtirish ishlari boshlab yuborilgan.

“Hududdagi aholini ish bilan ta’minlash va oilalarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida mavjud yerlar holati o‘rganilib, aholining talab va istagiga asosan hovuzlar uchun yer berilmoqda. Ayni paytda tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu maydonlarni baliqchilikka moslashtirish, suv chiqarish va elektr tarmog‘ini tortib kelish maqsadida simyog‘ochlar o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Baliqchilik komplekslari tashkil qilinishi natijasida 300 nafarga yaqin Ulug‘nor aholisi bandligi ta’minlanadi”, — deydi “Andijon baliq sanoat” korxonasi rahbari Muhammadali Po‘latov.

Bundan tashqari, tadbirkorlar tomonidan 24 gektar maydonda sog‘lomlashtirish markazi, sport kompleksi hamda dam olish maskanlari tashkil etish ham rejalashtirilgan bo‘lib, baliqchilik sohasi bilan birga ekoturizmning rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Ulug‘nor tumanida ayni kunga qadar 22 ta MChJ shaklidagi tadbirkorlik subyekti hamda baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi ro‘yxatdan o‘tkazilib, faoliyatini boshlagan.

Mavzuga doir:  



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют