» » Fransiyada 30 yil ichida ilk bora olti egizak dunyoga keldi

Fransiyada 30 yil ichida ilk bora olti egizak dunyoga keldi


Fransiyada 30 yil ichida ilk bora olti egizak: besh qiz va bir nafar o‘g‘il bola dunyoga keldi. Quvonchli ushbu voqea Strasburgda ro‘y bergan. Bu haqda RTL radiosi xabar qildi.

Chaqaloqlarning vazni 630 grammdan 730 grammgacha, ular kesarcha kesish amaliyotidan keyin homilaning 25-haftasida dunyoga kelgan. Chaqaloqlar onasining oltovlondan tashqari yana ikki nafar farzandi bor.

Chaqaloqlarning xavfsiz va sog‘lom tug‘ilishini ta’minlash uchun 30 nafar mutaxassisdan iborat guruh jalb qilingan. Chaqaloqlar neonatal reanimatsiya bo‘limiga olingan va kasalxonada bir necha oy davomida shifokorlar nazoratida qoladi.

Olti nafar egizakning dunyoga kelishi juda kam uchraydigan holati, jahonda 4,7 milliard chaqaloq tug‘ilishining bittasi oltilik bo‘lishi mumkin. Fransiyada oxirgi marta 30 yil avval 1989-yilda Parijdagi shifoxonada olti egizak dunyoga kelgandi.

Bundan deyarli bir yil avval Polshada birinchi marta olti egizak dunyoga kelgan. Egizaklar — to‘rt qiz va ikki o‘g‘il 20-may kuni Krakov universiteti kasalxonasida tug‘ilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют