» » Tailand maktablarida darslar 1-iyuldan qayta boshlanadi

Tailand maktablarida darslar 1-iyuldan qayta boshlanadi


Tailandda barcha maktablar 1-iyulda ochiladi va mashg‘ulotlar qayta boshlanadi. Bu haqda Tailand ta’lim vaziri Nattxapxon Txipsuvan ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Vazirning ma’lum qilishicha, bu qat’iy qaror bo‘lib, mamlakatdagi barcha maktablar 1-iyul kuni o‘z eshiklarini ochadi. U yoki bu hududda epidemiologik vaziyat yomonlashsa, mazkur hududda virus tarqalishini cheklovchi choralar ko‘riladi. Agar hududda vaziyat xavfli tus olsa, u yerdagi maktablar onlayn rejimga o‘tkaziladi.

Vazirning qayd etishicha, bunday holatda mamlakatdagi o‘rta ta’limning butun tizimi masofaviy rejimga o‘tkazilmaydi.

Odatda Tailandda o‘quv yili may oyida boshlanadi va fevral oxirida yakunlanadi. Yarim yilliklar o‘rtasidagi ta’til sentabr oxiridan oktabr boshigacha davom etadi. Yozgi ta’til esa mazkur mamlakatdagi eng issiq davr bo‘lgan mart oyi boshidan may oyi boshigacha davom etadi.

Ayni paytda mazkur mamlakatdagi barcha maktablar masofadan, smartfonlar va kompyuterlardan foydalangan holda onlayn rejimda ishlamoqda. Smartfoni va kompyuteri bo‘lmagan oilalar uchun Tailand Ta’lim vazirligining maxsus ta’lim telekanali ishlamoqda.

Tailandda 17-maydan koronavirus sababli joriy qilingan cheklov choralarini yengillashtirish bo‘yicha ikkinchi bosqich boshlandi. Savdo markazlari, ba’zi sport inshootlari, restoranlar va iste’mol mahsulotlari, qurilish materiallari, elektronika mahsulotlari sotadigan do‘konlar ochilgan.

Tailandda 18-may holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 3031 kishini tashkil qilmoqda, 56 kishi kasallik oqibatida vafot etgan, 2857 kishi kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan. 18-may kuni kasallanish bilan bog‘liq uchta yangi holat aniqlangan. Mamlakat kasalxonalarida COVID-19 kasalligiga chalingan 118 kishi davolanmoqda.

Avvalroq Tailandda koronavirus chekina boshlagani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 30-martdan boshlab maktablardagi darslar videodars shaklida telekanallar orqali efirga uzatilmoqda va mazkur o‘quv yili ana shu tartibda o‘z nihoyasiga yetkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют