» » Andijonda kadastr xodimining 7800 dollar pora bilan qo‘lga tushishi ortidan filial rahbari ishdan olindi

Andijonda kadastr xodimining 7800 dollar pora bilan qo‘lga tushishi ortidan filial rahbari ishdan olindi


Andijonda “Yermulkkadastr” davlat korxonasi Xo‘jaobod tumani filiali xodimi fermerdan 7800 dollar pora olayotganida ushlandi. Voqea ortidan filial rahbari ham ishdan olindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyat boshqarmasi mas’ullarining ma’lumot berishicha, Xo‘jaobod tumani “Yermulkkadastr” davlat korxonasi mutaxassisi J.I. fermer foydalanib kelayotgan yer maydonining 10 gektarini uning turmush o‘rtog‘i nomiga rasmiylashtirib berishini va’da qilgan.

Shuningdek, yerdan bog‘dorchilik yo‘nalishida foydalanish uchun hokim qarorini chiqartirib berishi evaziga 10 ming dollar so‘ragan. Fermer avvaliga ko‘nglidan chiqarib 1000 dollar bergan. Biroq kadastr xodimi bunga ko‘nmagan. Natijada fermer tegishli organlarga murojaat qilgan.

Mavzuga doir: Andijonda kadastr xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

2020-yil 11-may kuni Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyat boshqarmasi hamda DXX  bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda J.I. fermer xo‘jaligi dala shiyponida o‘zi talab qilgan pulning 7800 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: Andijonda bir necha kadastr rahbari ishdan olindi

Andijon viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan boshqarma boshlig‘i raisligida filialda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilgan.

Yig‘ilishda yuz bergan holat tanqid qilinib, filialda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yetarlicha nazorat o‘rnatilmagani ta’kidlangan va Xo‘jaobod tumani filial rahbari Sh. Abdurahmonov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Shuningdek, viloyat “Yermulkkadastr” davlat korxonasi rahbari v.b. D.Orziyevga boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga doir:  



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют