» » Donald Tramp “Amerika mahsulotini sotib ol va amerikaliklarni ishga yolla” farmonini imzoladi

Donald Tramp “Amerika mahsulotini sotib ol va amerikaliklarni ishga yolla” farmonini imzoladi


AQSh prezidenti Donald Tramp “Amerika mahsulotini sotib ol va amerikaliklarni ishga yolla” nomi ostidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Ushbu farmon amerikalik ishlab chiqaruvchilar hamda ishchilarning himoyasi uchun yo‘naltirilgan. Hujjat aniq biror chora ko‘rishni belgilamaydi, biroq Amerika mahsulotlarini bozordagi ahvolini o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqotni boshlashga ko‘rsatma beradi.

Bundan tashqari, Trampning so‘zlariga ko‘ra, farmon H-1B ishchi vizasini oladigan chet ellik fuqarolarni sinchiklab tanlash imkonini beradi.

“Hozirda H-1B mutlaqo tasodifiy tarzdagi tizim orqali beriladi va bu noto‘g‘ri. Aksincha, vizalar eng malakali va yuqori haq to‘lanadigan nomzodlarga taqdim etilishi va ular hech qachon amerikalikning o‘rnini egallashiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak”, — dedi Tramp.

Avvalroq, aprel oyining boshida Amerika prezidenti savdo borasida ikkita farmonni imzolagandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют