» » Xitoyda yana 108 milliondan ortiq kishi karantinga olingani ma’lum qilindi

Xitoyda yana 108 milliondan ortiq kishi karantinga olingani ma’lum qilindi


Koronavirus infeksiyasining yangi to‘lqini munosabati bilan Xitoyning shimoli-sharqida 108 milliondan ortiq kishi karantinga olingan. Bu haqda Bloomberg agentligi ma’lum qildi, deb yozmoqda “RBK”.

Mazkur hududda kasallanish bo‘yicha 34 ta yangi holat qayd etilganidan so‘ng Szilin provinsiyasida avtobus va temir yo‘l qatnovlari to‘xtatilgan, maktablar yopilgan.

“Xitoyning tezkor va kuchli reaksiyasi uning infeksiyaning ikkinchi to‘lqini oldidagi qo‘rquvini aks ettiradi, u virus tarqalishini katta iqtisodiy va ijtimoiy yo‘qotishlar bilan ushlab qoldi. Shuningdek, bu Xitoyda va boshqa mamlakatlarda qayta ochilish jarayoni qanchalik kuchsiz bo‘lishining belgisi hisoblanadi, chunki hatto virusning qayta paydo bo‘lishi haqidagi eng kichik belgi ham qat’iy izolyatsiyaga qaytishga sabab bo‘lishi mumkin”, — deb yozadi agentlik.

Szilin provinsiyasi va uning shu nom bilan ataluvchi markazi virus o‘chog‘i sifatida qaralmoqda. Qayd etilishicha, mazkur provinsiyada Xitoyning boshqa hududlarida fevral oyida qo‘llanilmagan qat’iy choralar joriy qilingan.

Szilin provinsiyasida 34 ta yangi holat qayd etilgani haqida Xitoyning South China Morning Post nashri ham ma’lum qilgan. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, provinsiyada joylashgan Shulan shahri butunlay yopilgan. Shuningdek, Szilin shahri ham qisman yopilgan. Provinsiyaga hukumat bosh vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi komissiya jo‘natilgan. Olti nafar mahalliy rahbar, shu jumladan, Shulandagi kommunistik partiya shahar qo‘mitasi rahbari va sog‘liqni saqlash bo‘yicha shahar komissiyasi rahbari ishdan bo‘shatilgan.

Shaharda qat’iy izolyatsiya joriy qilingan. Xarid uchun ko‘chaga chiqishga bir oiladan faqat bir kishiga ikki kunda bir marta ikki soat davomida ruxsat etiladi. Kirish-chiqish nafaqat Shulanda, balki unga yaqin bo‘lgan shahar va qishloqlarda ham taqiqlangan, shahar o‘rab olingan.

South China Morning Post tomonidan e’lon qilingan maqolada mamlakat shimoli-sharqida jami qancha xitoylik yangi izolyatsiya choralari ostiga tushgani va karantin rejimi qancha davom etishi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Xitoy sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 17-may kuni mamlakatda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yettita yangi holat qayd etilgan. Epidemiya boshidan buyon mamlakatda 82 954 kishi kasallangan, 4634 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: Xitoylik epidemiolog Uxan hukumatini epidemiya ko‘lamini yashirishda aybladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют