» » Andijonda drondan foydalanib klip olmoqchi bo‘lgan operatorga sud hukmi o‘qildi

Andijonda drondan foydalanib klip olmoqchi bo‘lgan operatorga sud hukmi o‘qildi


Andijon shahridagi “Registon” sayilgohida drondan ruxsatnomasiz foydalanib, klip olmoqchi bo‘lgan operatorga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi raisi yordamchisi Komronshoh Rasulov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi L.A. 2020-yil 29 yanvar kuni soat 13:00 larda Andijon shahridagi “G‘ayrat” mahallasida joylashgan “Registon” sayilgohi hududida hech qanday ruxsatnomasiz Xitoyda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchadigan apparat (dron)da suratga olish ishlarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan paytda IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Sudya Kamoliddin Shahobiddinovning aytishicha, sudlanuvchi L.A. sudda aybiga to‘liq iqror bo‘lib, shahardagi videostudiyalardan birida operator bo‘lib ishlashini bildirgan.

“2020-yil 28-yanvar kuni Hayotbek ismli shaxs menga qo‘ng‘iroq qilib, qo‘shiq uchun klip suratga olmoqchi ekanligini aytdi va dronda bir nechta sahnalarni tasvirga olib berishimni so‘radi, — deydi sudlanuvchi L.A. — Shu kuni u bilan ‘Yangi bozor’ hududida ko‘rishdik. Ko‘rishganimizda u tasvirga olish ishlari ‘Registon’ sayilgohida bo‘lishini bildirdi. Men unga buning uchun ruxsatnoma kerakligini aytdim. U ruxsatnoma olishini bildirdi. Keyin xizmat haqini 100 dollar, deb kelishdik. Ertasiga yordamchim bilan dronni olib belgilangan joyga bordik. Shunda Hayotbek o‘sha yerdagi minoraning tepasidan sayilgohni tasvirga olishim lozimligini aytib, kelishilgan pulning yarmini berdi. Endi ishni boshlayman deb turganimda esa o‘zini IIB xodimlari deb tanishtirgan shaxslar kelib, dronimni bayonnoma asosida olib qo‘yishdi. Hayotbek ruxsat olib beraman, degani uchun klip olishga rozi bo‘lgandim. Suddan yengillik berilishini so‘rayman”.

Sud fuqaroni Jinoyat kodeksining 244-4-moddasi 1-qismi (Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish) bilan aybdor deb topib, unga uch yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Biroq tegishli moddalarga asosan ozodlikdan mahrum qilish jazosi almashtirilib, bir yil sinov muddati belgilandi.

Sudlanuvchiga tegishli bo‘lgan dronni maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan tashkilotga sotish orqali davlat foydasiga o‘tkazildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют