» » Amerikaliklarning chorak qismidan ko‘pi Made in China mahsulotlarini sotib olmoqchi emas

Amerikaliklarning chorak qismidan ko‘pi Made in China mahsulotlarini sotib olmoqchi emas


AQSh aholisining chorakdan ko‘proq qismi Xitoy ishlab chiqargan har qanday mahsulotni sotib olmoqchi emas. Bu haqda FTI Consulting o‘tkazgan so‘rovnoma natijalarida ma’lum bo‘lgan va bunga Bloomberg e’tibor qaratgan.

Respondentlarning 40 foizi XXRda ishlab chiqarilgan tovarni sotib olmasligini bildirgan. Yana 34 foizi Made in China (“Xitoyda ishlab chiqarilgan”) belgisi bor mahsulotni sotib olishi, biroq bundan xursand emasligini qayd etgan. Ishtirokchilarning 26 foizigina Xitoydan olib kelingan tovarlar ularning tanloviga ta’sir ko‘rsatmasligini ma’lum qilgan.

So‘rovnomaga ko‘ra Made in China belgisi amerikaliklarning xarid amalga oshirishida boshqa omillarga qaraganda asosiy ahamiyatga ega. Amerikaliklarga yoqadigan va ular boshqalarga nisbatan afzal biladigan mahsulotlar Yevropada ishlab chiqarilgan tovarlar, bu yerdagi mahsulotlarni olmasligini aytib respondentlarning 12 foiz qismi ovoz bergan. Keyingi o‘rinda Lotin Amerikasi mamlakatlari joy oldi. Bu yerdan olib kelingan mahsulotlarni so‘rovnoma ishtirokchilarining 84 foizi sotib olishi mumkinligini bildirgan, 16 foizi esa bunday qilmaslikni afzal bilgan.

AQSh aholisining 78 foizi o‘z pullar bilan iqtisodiy proteksionizmni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan. Ular mahsulotning ishlab chiqarilishi Xitoydan AQShga o‘tkazilishini bilishsa, mahsulotni qimmatroq xarid qilishi mumkin. So‘rovnomada qatnashganlarning 55 foizi Xitoyning AQSh bilan yanvarda imzolagan savdo kelishuvi majburiyatlarini bajarishiga ishonmasligini aytgan.

So‘rovnomada 18 yoshdan 91 yoshgacha bo‘lgan 1012 nafar kishi ishtirok etgan. Tadqiqot 12—14-may kunlari o‘tkazilgan. Statistik xatoliklar 3,09 foizdan ko‘proq, deb baholanmoqda.

Bloomberg’ning qayd etishicha, bunday nuqtayi nazar amerikaliklarga xos emas va ular odatda savdo erkinligi va radikal proteksionizmga qarshi chiqadi. Agentlik ushbu xulosalarda Gallup’ning ijtimoiy tadqiqotlariga tayangan, unga ko‘ra AQShning beshtadan to‘rtta aholisi xalqaro savdoni tahdid emas, imkoniyat deb qabul qiladi va shunday xulosaga kelgan amerikaliklar soni oxirgi o‘n yillikda sezilarli darajada o‘sgan. Biroq ikki davlat o‘rtasidagi kelishmovchiliklar amerikaliklarning bu boradagi pozitsiyasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Bunda AQSh hukumatining turli bayonotlari va bu boradagi kayfiyati rol o‘ynaydi. Iqtisodiy proteksionizmning zarurligi haqida prezident Donald Trampning o‘zi bir necha bora ta’kidlab o‘tgan.

“Xitoy Qo‘shma shtatlardan yildan yilga katta miqdordagi pullarni o‘g‘irlab kelgan. Bizning buyuk Amerika kompaniyalarimizga buyruq: zudlik bilan Xitoydan olinadigan mahsulotlar muqobilini toping va ishlab chiqarishni vatanga qaytaring”, — deb yozgandi 2019-yil avgustida AQSh prezidenti Twitter’da.

Post ostidagi izohlarda foydalanuvchilar tomonidan Donald Trampni qo‘llab-quvvatlovchi tashviqot mahsulotlari, jumladan, Make America Great Again kepkalari aynan Xitoyda ishlab chiqarilishi yozilgan.

Xitoy va boshqa Osiyo mamlakatlaridan ishlab chiqarishni AQSh hududiga qaytarish mahsulotlarni arzonlashtirishga bo‘lgan harakat. May oyi boshida Reuters AQSh hukumatining mamlakat kompaniyalarini ishlab chiqarishni o‘z hududiga qaytarishga ko‘ndirmoqchiligi haqida ma’lumot tarqatgan. Buning uchun biznesga soliq imtiyozlari va maxsus subsidiyalar ajratilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют