» » Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i e’lon qilindi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i e’lon qilindi


Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i e’lon qilindi. Unga ko‘ra bir nechta lavozim tayinlovi amalga oshirilgan.

Jumladan, podpolkovnik Izbasarov Baxtjan Almaxanovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar B.Izbasarov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani IIB boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Qidirbayev Talg‘at Sulaymanovich tayinlangan. U avval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi katta tezkor vakili lavozimida ishlab kelgan mayor Halimov Ulug‘bek Anvarovich Samarqand viloyati Narpay tumani IIB boshlig‘i lavozimini egalladi.

Mayor Ortiqov Sirojiddin Sa’dullayevich Samarqand viloyati Paxtachi tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. S.Ortiqov avval Samarqand viloyati Ishtixon tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Samarqand viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida ishlagan podpolkovnik Sharipov Surach Sadredinovich Samarqand viloyati Ishtixon tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Hayitov Faxriddin Tohirovich Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani IIB boshlig‘i lavozimini egallagan. U tayinlovga qadar viloyatning Bag‘dod tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют