» » Surxondaryoda Tojikistondan olib o‘tilgan 61 kilo gashish topildi, egasi qidirilmoqda

Surxondaryoda Tojikistondan olib o‘tilgan 61 kilo gashish topildi, egasi qidirilmoqda


DXX organlari tomonidan giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish, uning O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida qat’iy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xabar berishlaricha, Tojikistondan katta miqdordagi giyohvandlik moddasi kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilib, Surxondaryoning Sariosiyo tumani “Sarijar” mahallasi hududiga yashirib qo‘yilgani to‘g‘risida ma’lumot tushgan.

“Ushbu ma’lumot asosida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi va voqea joyidan 61 kilogramm 838 gramm gashish protsessual tarzda rasmiylashtirib olindi”, — deyiladi idora axborotida.

Qayd etishlaricha, hozirda mazkur giyohvand moddaning kimga tegishli ekanligini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют