» » Uzbekistan Airways samolyoti o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Sankt-Peterburgga uchib ketdi

Uzbekistan Airways samolyoti o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Sankt-Peterburgga uchib ketdi


Rossiyaning 41 nafar fuqarosi bo‘lgan Uzbekistan Airways samolyoti 19-may kuni Toshkentdan Sankt-Peterburgga uchib ketdi. Bu haqda Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng Rossiyaga tashkillashtirilgan uchinchi charter reys bo‘ldi. Bundan avval Uzbekistan Airways tomonidan Rostov-Don va Qozonga charter reys amalga oshirilib, 191 nafar rossiyalik vataniga yetkazilgan va u yerdagi 520 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga olib kelingandi.

Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytga kelib charter reyslar orqali 2,7 ming nafar rossiyalik vataniga qaytarilgan. Mart oyida “Aeroflot” va Uzbekistan Airways aviakompaniyalari Moskva, Yekaterinburg, Novosibirsk va Sankt-Peterburgga charter reyslarni amalga oshirgandi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-may kungi videoselektorda xorijdagi vatandoshlar “imkoniyatga qarab, baribir olib kelinishi kerak”ligini aytgandi. Shu munosabat bilan 11-maydan 24-mayiga qadar O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish bo‘yicha 12 ta charter reys amalga oshirilishi belgilangandi, shundan 7 ta reys Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun jalb etiladi.

Charter reyslarda eng avval bemorlar, homilador ayollar, keksalar va yosh bolalilar olib kelinadi. Mazkur reyslarga chiqish uchun diplomatik vakolatxonalar hamda konsullik muassasalarda ro‘yxatdan o‘tish kerak.

O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i asosida Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabi tomonidan Rossiya va Qozog‘istonning tegishli organlari bilan olib borilgan hamkorlik ishlari sababli ikki davlat chegarasida to‘plangan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelinadigan bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Rossiyada pandemiya sabab og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar 1,2 mln rubldan ortiq yordam puli oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют