» » Muborak tumaniga yangi hokim tayinlandi. Avvalgi hokim karantindagi to‘ydan so‘ng ishdan olingandi

Muborak tumaniga yangi hokim tayinlandi. Avvalgi hokim karantindagi to‘ydan so‘ng ishdan olingandi


Xalq deputatlari Muborak tuman kengashining 19-may kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida hududning yangi rahbari tasdiqlandi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Xabar berishlaricha, sessiyada so‘zga chiqqan Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi — Ulug‘bek Ernazarovni jamoatchilikka tanishtirgan.

Ulug‘bek Ernazarov 2019-yildan buyon Qashqadaryo viloyati Transport boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Muborakning avvalgi hokimi G‘ayrat Jovliyev tumanda shifokorlar karantin vaqtida to‘y qilgani haqidagi shov-shuvlardan so‘ng ishdan olingan edi.

Mavzuga doir: Qashqadaryolik shifokorlarning karantinda to‘y qilgani o‘z isbotini topdi

Jamoatchilik orasida “hokim paxta ekilmagan maydonlarga chigit ekildi deya yolg‘on ma’lumot bergani uchun ishdan ketgani” haqida gap-so‘z tarqaldi, biroq na bu, na u taxmin rasman tasdiqlangan emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют