» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 6751 nafarga, Qirg‘izistonda esa 1243 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 6751 nafarga, Qirg‘izistonda esa 1243 kishiga yetdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 311 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda davlat komissiyasining tezkor shtabiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalingan jami bemorlar soni 6751 kishiga yetgan. Hozirga qadar 35 kishi koronavirus qurboniga aylangan bo‘lsa, 3469 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Kunlik o‘sish 4,8 foizni tashkil etmoqda. Kasallar soni viloyatlar kesimida quyidagicha taqsimlanmoqda:

Hozirga qadar qayd etilgan kasallarning 1872 nafari Olmaota hisobiga to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa, 1287 nafari — Nur-Sultonda qayd etilgan. Atirau viloyatida esa koronavirusga chalinganlar — 769 kishiga teng.

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 1243 kishiga yetdi. Bu haqda respublikaning COVID-19’ga qarshi kurashish bo‘yicha shtabiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“19-may holatiga ko‘ra, yana 27 kishida koronavirus aniqlandi”, — deydi shtab vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalinganlarning ikki nafari — tibbiyot xodimlari. O‘tgan bir sutka ichida 71 kishi sog‘aygan.

Shunday qilib, butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1243 kishiga yetdi, ularning 257 nafari — tibbiyot xodimlari. Hozirga qadar 14 bemor koronavirus qurboniga aylangan, 898 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘zbekistonda 19-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 2802 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilganidan buyon 2314 kishi sog‘aydi, infeksiya asoratlari oqibatida 13 nafar bemor vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют