» » Xitoyda bir sutkada 6 kishida, Janubiy Koreyada esa 13 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda bir sutkada 6 kishida, Janubiy Koreyada esa 13 kishida koronavirus aniqlandi


Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 6 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 17 ta holat aniqlandi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib. Bemorlarning 3 nafari sog‘aygan. Vafot etish holati qayd etilmagan.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 84 063 kishi virus yuqtirib olgan, ularning 79 310 nafari sog‘aygan, 4 638 nafar bemor vafot etgan. Shuningdek, yana 17 kishida kasallik alomatlarsiz kechayotgani aniqlangan. Umumiy hisobda bunday kishilarning yana 389 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutka ichida 13 kishi koronavirusga chalinib, qayd etilgan kasallanishlarning umumiy soni 11 078 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga tayanib.

Qayd etilishicha, yangi kasallanishlarning 9 tasi mahalliy — Xitoy hududining o‘zidan, qolgan 4 tasi esa chetdan yuqtirilgan.

So‘nggi sutkada 34 kishi kasallikdan tuzalgan bo‘lib, sog‘aygan bemorlarning umumiy soni 9 938 nafarga yetib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 89 foizdan oshdi. Shuningdek, kasallik alomatlarsiz kechayotgan kamida 466 kishi nazoratda bo‘lib turibdi.

Koronavirus qurbonlari soni esa o‘zgarishsiz qoldi — 263 nafar. Sutka davomida hech kim kasallikdan vafot etmagan.

Yangi kasallanish holatlari ko‘payishiga koronavirus borligi gumon qilingan va keyinchalik tasdiqlangan 29 yoshli yigitning 2-mayga o‘tar kechasi Kyongido provinsiyasidagi Yonin shahridan Seulning odam gavjum bo‘lgan Itxevon hududiga borgani va u yerda bir nechta klub va barlarga kirgani sabab bo‘lgan. Klublardagi boshqa shaharlardan dam olgani kelgan bir qator shaxslar ham virus yuqtirib olgan. Ayni paytda klubda bo‘lganlar yoki ularning yaqinlarining 170 nafarida virus aniqlangan.

Janubiy Koreya hukumati kasallik yana avj olmasligi uchun koronavirus yuqtirib olganlarning barchasini topishga harakat qilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют