» » “Barselona”ning 18 yoshli futbolchisi “Real”ga yo‘l olishi mumkin

“Barselona”ning 18 yoshli futbolchisi “Real”ga yo‘l olishi mumkin


“Barselona” klubining 18 yoshli niderlandiyalik himoyachisi Ksavye Muyamba Yevropaning bir nechta top-klublari qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda, deya xabar qilmoqda Voetbal International.

Ushbu xabarlarni futbolchining agenti Karlos Baros tasdiqladi.

“Hozirda “Barselona”dagi holat barqaror emas. Prezidentlik saylovlari yaqinlashmoqda, rahbariyat tarkibida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, yangi odamlar keladi. Hozir klub ham siyosiy, ham sportga oid jihatlarda juda notinch. Hatto Ansu Fatini ijaraga berib yuborishga tayyor ekanliklarini ko‘rsangiz, boshqa iqtidor egalari o‘zini ko‘rsata olishiga qanday ishonish mumkin?

Deyarli barcha top-klublar Ksavye bilan qiziqmoqda. Ular qatorida “Real” ham bor, ular o‘zining yoshlar jamoasiga jiddiy qaraydi, albatta, bu transfer amalga oshishi juda qiyin masala. Shuningdek, “Yuventus” va “Inter”dan ham qiziqish bor, biroq eng yaxshi taklif “Chelsi”dan kelib tushdi”, — deydi agent.

“Barselona” Muyambani 2019-yilning yozida 310 ming yevro evaziga Niderlandiyaning “MVV Maastriht” klubidan sotib olgandi. Shu vaqtga qadar “Barselona” U-19 vakili asosiy jamoada birorta ham o‘yin o‘tkazmadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют