» » Eng qimmatbaho avtomobil raqamlari necha pul turadi va ularni kimlar xarid qiladi?

Eng qimmatbaho avtomobil raqamlari necha pul turadi va ularni kimlar xarid qiladi?


BAAning Roads and Transport Authority davlat tashkiloti oxirgi uchta kimoshdi savdosida avtomobil raqamlari sotishdan 141 million 148 ming dirham yoki 38 million 400 ming dollar foyda qildi. “Motor” nashri qaysi avtomobil raqamlari qimmat turishi va ularni kimlar xarid qilishi haqida ma’lum qildi.

Savdolardagi rekord narx 14 200 000 dollarni tashkil etgan: 2008-yilda Abu-Dabi amirligining 1 raqamini Said Abdul Jafar Al Xuri xarid qildi va Bugatti Veyron’iga taqib qo‘ydi.

BAAning boshqa amirliklari Abu-Dabiga qaraganda kichikroq va “kambag‘alroq”. Shu sababdan Sharja amirligida bir raqami uni xarid qilganga 4 900 000 dollarga tushdi.

Ikkilik raqam esa arzonroq — 500 000 dan 2 000 000 dollarga tushadi. Uchtalik raqamlar orasida 488 (Ferrari), 911 (Porsche), 918 (Porsche) avtomobil modellari ommabop.

Mazkur bozor mashhur savdogarlaridan Abdulla Al Hammadi umumiy qiymati 19 000 000 dollarga teng yetti mingta raqamga ega.

D prefiksli beshlik raqam biznesmen Balvinder Saxaniga tegishli. Kuvaytda dunyoga kelgan Saxani Dubayda yashaydi va Amirliklarda qurilish bilan shug‘ullanadi.

Saxani hozirda umumiy qiymati 100 million dollarga teng Hindiston, Kuvayt va BAAdagi eng chiroyli uchta telefon raqami, shuningdek, 15 ta avtomobil raqamiga ega. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют