» » Erling Holand 2022-yilgacha “Real”ga o‘tmaydi

Erling Holand 2022-yilgacha “Real”ga o‘tmaydi


Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Holand 2022-yilning yoziga qadar “Real”ga o‘tmaydi, deya xabar qilmoqda AS.

Ta’kidlanishicha, nemis klubi rahbariyati futbolchining agenti Mino Rayola bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, Holand kelasi mavsum ham “Borussiya” safida qoladi. “Borussiya D” norvegiyalik hujumchini avvalroq ham sotishi mumkin, biroq bu holatda transfer narxi 120 million yevroni tashkil qiladi.

Erlingning nemis klubi bilan amaldagi kelishuvi 2024-yilga qadar mo‘ljallangan. 2021-yilning yanvarida Holandning shartnomasida futbolchisi 75 million yevro tovon puli evaziga sotib olish mumkinligi haqidagi band faollashadi. Futbolchiga asosiy da’vogar sifatida Madridning “Real” klubi ko‘rsatilmoqda.

Holand 2020-yilning yanvarida 20 million yevro evaziga “Zalsburg”dan dortmundliklar safiga kelib qo‘shildi. Joriy mavsum 19 yoshli futbolchi Bundesliganing to‘qqizta o‘yinida qatnashib, 10 gol va ikkita samarali uzatmaga muallif bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют