» » Smartfon akkumulyatorini “o‘ldirib qo‘ymaslik” uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Smartfon akkumulyatorini “o‘ldirib qo‘ymaslik” uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak?


Smartfonlar muntazam rivojlanayotgani, kameralar yangilanib, protsessorlar yaxshilanayotganiga qaramay akkumulyator gadjetlarning eng muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Batareyaning sig‘imi va uzoq vaqtga chidashi, shuningdek, tezda quvvatlanishi muhim ahamiyatga ega. CNet nashri devayslarning avtonomligiga bog‘liq eng muhim savollarga javob berishga urindi.

Yaqin vaqt ichida akkumulyatorlar o‘zgarmaydi

Energiya samaradorlikning boshqa qo‘shimcha funksiyalar hisobiga gadjetdagi dasturlarning yaxshilanishi hisobiga oshmoqda. Afsuski, muhandislarning asosiy e’tibori elektromobillar avtonomligini oshirish, sun’iy yo‘ldoshlar va uydagi energiya tejamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan — ularning batareyalari odatdagidan ikki-uch yilga ko‘proq ishlashi kerak.

Shuningdek, akkumulyatorlar o‘lchami ham mobil qurilmalarga “qarshi” ishlaydi. Masalan, Tesla avtomobilining batareyasi sig‘imi iPhone 11 Pro Max’nikidan 4000 barobarga katta.

Tezkor quvvatlanish akkumulyatorga zarar yetkazmaydi

Aksariyat adapterlardan chiquvchi quvvat — 5-10 Vattga teng. Tezkor quvvatlanish ushbu ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshirishi mumkin: iPhone 11 Pro uchun 18 Vattdan, Samsung’ning so‘nggi flagmanlari uchun — 45 Vattgacha.

Agarda akkumulyatorning nuqsoni bo‘lmasa, yuqori quvvatlantirish uning ishchanligiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu quvvatni ikki bosqichga ajratish orqali ta’minlanadi. Birinchi bosqichda asosiy energiya zaxirasi to‘ldirilsa, ikkinchi bosqichda jarayon batareyaga shikast yetkazmaslik uchun sekinlashadi. Akkumulyatorlarda jiddiy muammolar so‘nggi bor Samsung Galaxy Note 7’da kuzatilgan edi.

Akkumulyatorni qayta zaryadlash imkonsiz

Ko‘plab foydalanuvchilar o‘z qurilmalarini doimo quvvatlantirgichda turishidan xavotirlanadi. Biroq har bir smartfonda nazorat tizimi bo‘lib, u zaryad miqdori 100 foizga yetganida akkumulyatorni quvvatlantirgichdan avtomatik ravishda uzib qo‘yadi. “Aqlli” quvvatlantirgich uchun maxsus funksiya iOS 13’da paydo bo‘lgan. Shuningdek, qurilmadagi zaryad miqdori 80 foizga yetganida uni elektr energiyasidan uzsa ham bo‘ladi.

Batareyaning 0 foizga qadar o‘chib qolishiga yo‘l qo‘ymang

Zamonaviy smartfonlarni o‘chib qolguniga qadar ishlatish kerak emas. Aksincha, zaryad miqdorining to‘liq tugashi kimyoviy reaksiyani yuzaga keltirib, akkumulyator “yashovchanligi”ni qisqartiradi. Odatda smartfon to‘liq nolga tushib ketguniga qadar o‘chib qoladi. Bunga sabab qurilmada maxsus xavfsizlik protokoli mavjud bo‘lib, u batareyani haddan ortiq yeyilishdan himoya qiladi.

Yuqori harorat akkumulyatorlarga zarar yetkazadi

Akkumulyatorning asosiy dushmani — yuqori harorat bo‘lib, u xizmat ko‘rsatish vaqtini kamaytirib yuboradi. Shu sababli smartfonni to‘g‘ridan to‘g‘ri tushuvchi quyosh nurlaridan himoya qilish, oyna yoki avtomobilning qurilmalar paneli oldida qoldirmaslik kerak. Vaqt o‘tishi bilan tez-tez qiziydigan akkumulyator yomon ishlashni boshlaydi. Eng yomon holatda gadjet portlab ketadi. 30 daraja Selsiydan yuqori haroratdan ehtiyot bo‘lish darkor.

Ortiqcha kabellar devaysga xavf tug‘dirmaydi

Kontrafakt yoki nosoz kabellardan foydalanilmas ekan, smartfon xavfsizligi ta’minlangan. Kabel yoki adapterning almashishi unga ta’sir ko‘rsatmaydi. Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng ko‘ngilsiz hodisa — quvvatlanish tezligining tushib ketishi. Shu bilan birga, Huawei va OnePlus smartfonlari rasmiy aksessuar talab qiladi, Samsung va Apple uchun esa boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlaridan ham foydalanish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют