» » McLaren kompaniyasi koronavirus sabab o‘zining shtab-kvartirasi va muzeyini bankka garovga qo‘ymoqchi

McLaren kompaniyasi koronavirus sabab o‘zining shtab-kvartirasi va muzeyini bankka garovga qo‘ymoqchi


Britaniyaning superkar ishlab chiqaruvchi McLaren kompaniyasi og‘ir moliyaviy ahvolda qolgani sabab o‘z mulkini garov evaziga qo‘yib, katta miqdorda kredit olishga majbur bo‘lmoqda, deb xabar beradi Motor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, McLaren ko‘rgan zararlarini qoplash maqsadida kredit beruvchilarni jalb etish uchun Uokingdagi o‘zining McLaren Technology Center shtab-kvartirasi va qiymati 363 million dollarga teng tarixiy poyga avtomobillari kolleksiyasini garovga qo‘yishga tayyor.

Insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, britaniyaliklar hukumat kompaniyaga moliyaviy yordam ko‘rsatishni rad etganidan so‘ng shu kabi qarorga kelgan. Hukumatning fikricha, McLaren mablag‘ topish uchun o‘zining bor kuchini ishga solmagan.

Ko‘plab avtomobil ishlab chiqaruvchilar kabi McLaren ham koronavirus pandemiyasi sabab katta yo‘qotishlarga duch keldi — avtomobillar savdosi va “Formula-1” jamoasidagi daromad tushib ketdi. Shunga qaramay britaniyaliklar qarzlaridan qutulib, yana poygalarga qaytishni rejalashtirmoqda. 2019-yilda McLaren’ning daromadi 18 foizga oshib, 1,7 milliard dollarga yetgan edi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan superkarlarning 90 foizi xorijga sotilgan.

Mavzuga doir: Mart oyida butun dunyoda avtomobillar savdosi antirekord o‘rnatdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют