» » Toshkentda SMART Nimble Education nodavlat ta’lim muassasasi faoliyat yuritishni boshladi

Toshkentda SMART Nimble Education nodavlat ta’lim muassasasi faoliyat yuritishni boshladi


Toshkent shahrida SMART Nimble Education nodavlat ta’lim muassasasi faoliyat yuritishni boshladi. O‘quv markazida xorijlik xamda xorij oliy dargohlarida o‘qib, mukammal bilimga ega bo‘lgan tajribali o‘qituvchilar dars berib, o‘quvchilarni qiziqtirish va mukammal bilim berishga harakat qilishadi. O‘quv markazi xorijiy tillarga, xususan xitoy, ingliz va koreys tillariga ixtisoslashgan.

O‘quv markazi ko‘pgina nufuzli xorijiy universitetlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga ko‘ygan bo‘lib, o‘zbekistonlik ta’lim oluchilar uchun xorijda, xususan, Janubiy Koreya xamda Xitoy xalqaro oliy dargohlarida grant (+stipendiya) yoki chegirma bilan to‘lov kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi bo‘yicha kelishuvlar mavjud. Xorijda o‘qish istagida bo‘lgan talabalarning hujjat topshirish, tegishli davlat elchixonasi qabulida bo‘ladigan suhbatga unumli tayyorlash, yotoqxona bilan ta’minlanishi xamda ingliz tilidan bilimga ega bo‘lgan talabalarni o‘quv muddatiga ish bilan ta’minlash buyicha markaz tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladi.

O‘quvchilar yaxshi saboq olishi uchun guruhlarda 8 nafargacha bolalar ta’lim olib, ehtiyojiga yarasha individual tarzda yondashiladi. Darslar individual yoki guruhlarda olib boriladi. Dars xonalari uslubiy jihozlar bilan ta’minlanib, zamonaviy dizaynda bezatilgan. Har bir kurs oyiga 12 ta mashg‘ulotdan iborat bo‘lib, haftasiga uch marta 2 akademik soat (1,5 soat)dan iborat. Barcha dasturlarda grammatika, fonetika, o‘qish va eshitishga katta ahamiyat berilgan.

Bundan tashkari, markazda ta’lim olayotgan yoshlarga yurtimiz tarixini, ota-bobolarimizning qilgan ulug‘ ishlarini yanada teran his qilishi va anglab yetishi uchun tarixiy obidalarga boy maskanlar, ya’ni, Samarqand, Buxoro xamda Xiva shaharlariga mavsumiy sayohat uyushtiriladi. Sayohat davomida bevosita chet ellik mehmon va sayyohlar bilan muloqotda bo‘lish orqali o‘zlarining til borasidagi bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Qolaversa, yoz mavsumini yanada mazmunli o‘tkazishni xohlovchi bolalar markaz yordamida Xitoy davlatining Xaynan orolida joylashgan yozgi xalqaro oromgohida dam olishlari mumkin. Butun dunyo rivojlangan mamlaktlaridan oliy toifadagi insonlarning farzandlari oromgohga tashrif buyurib, u yerda barcha amaliyotlar ingliz va xitoy tilida olib boriladi va farzandingiz xalqaro toifada do‘st orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. To‘laqonli kulaylikni yaratish, xavfsizlik va yuzaga keladigan muammolarni joyida zudlik bilan bartaraf etish maqsadida markaz tomonidan doimiy vakil bevosita bolalar dam olish muddatiga safarbar qilinadi.

Markaz tomonidan tashkillashtiriladigan davomiy xayriya tadbirlarida ishtirok etishlari uchun imkoniyat paydo bo‘ladi. Unda shahrimizdagi mehribonlik va bolalar uylariga borib, ularning xolidan xabar olish bilan birga ularga cheksiz quvonch bahsh etishlari mumkin. Markaz tomonidan tashkil etiladigan turli xil konsert va ko‘rgazmalar iqtidorli yoshlarni kashf etish, o‘z imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Barcha tillar buyicha tegishli kursni tamomlagandan so‘ng Sertifikat taqdim etiladi.

Xitoy tili

Donishmand Konfutsiy “Eshitdim – unutdim. Ko‘rdim – eslab koldim. Bajardim – tushundim” deb aytgan ekan. Ushbu gap xitoy tilini o‘rganishda juda ko‘l keladi, chunki xitoy tili eng kiyin tillardan biri bo‘lib, natijasi sekin ko‘rinadi. Shunday bulishiga qaramasdan til urganishni xohlovchilar soni yildan-yilga oshib bormoqda. O‘quvchilar tilni mukammal bilishi uchun til asosini puxta urganishi shart. Markaz tomonidan xitoy tilini yaxshi o‘rgatish negizida kuyidagi omillar yotadi:

Markazda xitoy tilini boshlang‘ich darajadan to mukammal darajagacha o‘qitish va HSK imtihonlariga tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

Barcha darslarni Xitoy davlatida yashab, xalqaro universitetlarda mukammal ta’lim olib kelgan o‘qituvchilar o‘zbek, rus xamda ingliz tilida ta’lim berishadi.

Koreys tili

Markazda Janubiy koreyalik uch o‘qituvchi dars berib, ulardan biri koreys tilini o‘zbek tilida, yana biri koreys tilini ingliz tilida va uchinchisi to‘liq koreys tilida saboq beradi. Bu mashg‘ulotlarda til bilan birga Janubiy Koreya to‘g‘risida qiziq ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Agar shaxsiy yoki ish masalalarini yechishga koreys tilini bilish zarur bo‘lsa – markazga marhamat. Mashg‘ulotlarda yangi metodikalar va kommunikativ uslub qo‘llanib, bu tilni oson va tez o‘rganishga yordam beradi. Aynan shu maksadda tilning bir necha o‘rganish uslubiy dasturlari ishlab chikilgan;

Ingliz tili

Hozirgi kunda ingliz tili eng muhim xorijiy tilga aylanib bormokda. Biznesni olib borish yoki ilmiy maqolalar chop etish, chet elda ta’lim olish yoki muloqot qilish, bularning bari ingliz tiliga o‘tib bormoqda. Korporatsiyalarda esa asosiy ish tili ham ingliz tili bo‘lib, bu sharoitda ingliz tilini mukammal bilish majburiy shartlardan biriga aylanib bormokda. Shu sababli, markazda yuqori malakali xalqaro universitetlarda tahsil olgan o‘qituvchilar ingliz tilini o‘qitadi. O‘quv xonalari esa maxsus anjomlar bilan jihozlangan.

Bu bilan birga o‘quvchilar markaz kutubxonasidan bemalol foydalanib qiziq kitoblarni o‘qishlari, o‘quv qo‘llanmalar, ma’lumotlar va lug‘atlardan foydalanishlari yoki tanlagan filmlarini ko‘rib, bilimlarini oshirishlari mumkin. Markazda bolalar va kattalar uchun turli dasturlar ishlab chiqilgan. IELTS imtihonlariga tayyorlash buyicha maxsus intensiv dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida kamida 7 ball darajasigacha o‘rgatish amalda qo‘llanmokda.

SMART Nimble Education nodavlat ta’lim muassasasi kelajagingiz va ish faoliyatingiz muvaffasiyati uchun Sizga ko‘makchi.

Today a Reader, Tomorrow a Leader !!!

Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Sarabo‘ston ko‘chasi, 3-B uy.

Mo‘ljal: “Kosmonavtlar” metro bekati, IIV qoshidagi “Korzinka.uz” supermarketi yonida joylashgan.

Ish tartibi: 9:00 – 20:00

Tel: (71) 256-66-56, (90) 955-36-86

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (19-04-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют