» » Gonkonglik olimlar og‘maxonlarda tajriba o‘tkazib, koronavirusdan himoyalanishda niqoblarning samaradorligini isbotladi

Gonkonglik olimlar og‘maxonlarda tajriba o‘tkazib, koronavirusdan himoyalanishda niqoblarning samaradorligini isbotladi


Gonkong universitetining professor Yuen Kvok-Yun boshchiligidagi mikrobiologlari og‘maxonlarda tajriba o‘tkazib, tibbiy niqob koronavirusga chalinish ehtimolini 40 foizga kamaytirishini isbotladi, deb xabar beradi Esquire.

Koronavirus epidemiyasi boshlanganidan buyon Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ekspertlari va ko‘plab xalqaro mutaxassislar tibbiy niqoblarning virusdan himoya qilishiga shubha bilan qarayotgan edi. Shifokorlar virusning havoda qolib ketgan kichik zarralar — aerozollar orqali tarqalib, ular niqob qatlamidan osonlik bilan organizmga tushadi, deb hisoblayotgan edi.

Biroq gonkonglik olimlarning tajribasi niqoblarga jiddiy himoya vositasi sifatida yondashish imkonini beradi.

Tadqiqotchilar tillarang og‘maxonlarni qafasga qamab qo‘ydi. Kasallangan jonivorlar sog‘lomlaridan teshikli to‘siqlar bilan ajratildi. Ventilyator esa kasallikni yuqtirishga yordam berdi.

Birinchi bosqichda virus zarrachalarining og‘maxonlar organizmiga tushishiga hech narsa xalal bermadi. Natijada 12 ta sog‘lom og‘maxondan 8 tasi koronavirusni yuqtirdi.

Ikkinchi bosqichda kasallangan og‘maxonlar turgan joy niqob bilan to‘sib qo‘yildi. Natijada 12 ta sog‘lom jonivordan 2 tasi kasallikni yuqtirdi.

Uchinchi bosqichda esa niqob sog‘lom og‘maxonlar turgan tomonga qo‘yildi. Natijada esa to‘rtta og‘maxonga koronavirus yuqdi.

Olimlarning fikricha, ushbu tajriba kasallanganlar sog‘lom insonlarga virus yuqtirmaslik uchun niqob taqish kerakligini tasdiqlaydi. Biroq koronavirus ayrim hollarda simptomlarsiz kechayotgani inobatga olinsa, hamma birdek niqob taqib yurishi shart, deydi olimlar.

Mavzuga doir: Kim Kardashyan teri rangiga mos tushuvchi niqoblar ishlab chiqardi. Ular bir necha daqiqa ichida sotilib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют