» » Putin Mixail Mishustinga Rossiya bosh vaziri vakolatlarini qaytardi

Putin Mixail Mishustinga Rossiya bosh vaziri vakolatlarini qaytardi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mixail Mishustinga mamlakat bosh vaziri vakolatlarini qaytarish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Andrey Belousovni bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlash haqidagi farmon o‘z kuchini yo‘qotgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinda koronavirus aniqlangach, 30-aprel kuni uning vazifalarini bajarish bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Andrey Belousovga yuklatilgan edi. Mishustinning o‘zi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatda sog‘ayganidan keyin ham lavozimiga qaytmasligi mumkinligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya hukumatining to‘rt nafari a’zosi va prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov koronavirusga chalingan. O‘zining koronavirusga chalingani haqida birinchi bo‘lib 30-aprel kuni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qilgandi.  1-may kuni esa Rossiya qurilish vaziri Vladimir Yakushev va uning o‘rinbosari Dmitriy Volkovning koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgandi. 6-may kuni esa Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimovaning koronavirusga chalingani ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют