» » Toshkentda koronavirusga chalingan 24 nafar bemor tuzalib, mamlakatda jami sog‘ayganlar soni 2338 nafarga yetdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 24 nafar bemor tuzalib, mamlakatda jami sog‘ayganlar soni 2338 nafarga yetdi


Toshkentda 19-may kuni 24 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. Ularning 7 nafari Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan, 17 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayib chiqqan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan tuzalganlarning 8 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, 11 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan, 1 nafardan Samarqand, Sirdaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlaridan. Ularning 13 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari Sharja—Toshkent yo‘nalishida, yana 1 nafari Sankt—Peterburg—Toshkent yo‘nalishida charter reyslari bilan, 1 nafari Tojikistondan, yana 1 nafari esa Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlar orasida yoshi kattasi 47 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 14 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan tuzalganlarning barchasi erkak, 1 nafardan Jizzax, Xorazm, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Samarqand viloyatlaridan va yana bir nafari Rossiya Federatsiyasidan. Ulardan 6 nafari chet eldan (3 nafari Rossiyadan, 1 nafardan Qozog‘istondan, Tojikistondan va Litvadan) kelgan bo‘lib, karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Bir nafar fuqaro esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlar orasida yoshi kattasi 49 yoshda bo‘lsa, kichigi 20 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 772 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 796 nafar bo‘ldi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 19-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, 11 kishiga ko‘payib, 2802 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, Toshkentda koronavirusga chalingan samarqandlik bemor vafot etib, virus qurbonlari soni 13 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют