» » Belarusda turmushga chiqqan 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarga bepul EKU qildirish imkoniyati berildi

Belarusda turmushga chiqqan 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarga bepul EKU qildirish imkoniyati berildi


Belarusda turmushga chiqqan 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarga bepul EKU qildirish imkoniyati berildi, deb xabar bermoqda Meduza.

Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko tomonidan imzolangan fuqarolarning ayrim guruhlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir farmonida ko‘zda tutilgan.

Farmonga ko‘ra, ayolning yoshi 40 yoshdan oshmagan va er-xotin uchun tegishli tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lsa, sun’iy urug‘lantirish uchun bir martalik urinish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.

Xabarda aytilishicha, Belarusda so‘nggi yillarda tug‘ilish ko‘rsatkichi pastligi sababli aholi soni qisqarishi kuzatilmoqda. 2028-yilda har 1000 kishiga 9,9 ta tug‘ilish to‘g‘ri kelgan. Bu ularga qo‘shni Rossiya (10,9), Latviya (2017-yilda 10,7), Litva (2017-yilda 10,1) va Polsha (2017-yilda 10,6) davlatlariga qaraganda pastdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют