» » Farg‘onada Captiva velosiped haydovchisini urib yubordi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Farg‘onada Captiva velosiped haydovchisini urib yubordi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi


Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida 18-may kuni Captiva avtomobili va velosiped ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa soat 14:40 larda “Qo‘riq” mahallasi hududidan o‘tgan A-373B Qo‘qon shahriga kirish avtomobil yo‘lining 21-kilometrida yuz bergan. 1992-yilda tug‘ilgan S.M. boshqaruvidagi Captiva o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib, e’tiborsizlik qilib chap tomonga to‘satdan qayrilgan velosipedchi, 1966-yilda tug‘ilgan I.T.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

54 yoshli erkak og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Dang‘ara tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Joriy yilning may oyida velosipedchilarning o‘limi bilan bog‘liq boshqa YTHlar ham yuz bergandi. Jumladan, 11-may kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida Isuzu avtobusi velosipedchini, 13-may kuni Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida “Kamaz” yuk mashinasi velosipedchini urib yuborgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют