» » Venesuela prezidenti qurolli kuchlar va huquq-tartibot idoralarini kuchaytirilgan tayyorgarlik holatiga keltirishga buyruq berdi

Venesuela prezidenti qurolli kuchlar va huquq-tartibot idoralarini kuchaytirilgan tayyorgarlik holatiga keltirishga buyruq berdi


Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat qurolli kuchlari va huquq-tartibot idoralarini muxolifatning yangi norozilik aksiyalari oldidan kuchaytirilgan tayyorgarlik holatiga keltirishga buyruq berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

Gap Zamora deb nomlangan maxsus strategik rejani tatbiq etish haqida ketmoqda. 

“Davlat to‘ntarishining oldini olish va Venesuelada tinchlikni saqlash uchun zudlik bilan Zamora rejasining birinchi bosqichi ishga tushirilishi lozim. Oliy bosh qo‘mondon sifatida barcha harbiy, politsiya va fuqarolik tizimlariga uning ijrosiga kirishish haqidagi buyruqni imzolayman”, — deya ta’kidladi Maduro. 

Davlat rahbariga ko‘ra, rasmiylar 19-aprel, chorshanba kuni hukumatga qarshi namoyishchilarga tashlanib, tartibsizliklarni keltirib chiqarishni rejalashtirgan qurolli fitnachilarni qo‘lga oldi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Lotin Amerikasi davlatlari Venesuela hukumatini 19-aprel kuni o‘tkazilishi mo‘ljallangan ommaviy namoyishlar xavfsizligini ta’minlashga chaqirgandi. 

Опубликовано: admin (19-04-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют