» » Yakkabog‘ hokimi ham o‘zgardi. Sobiq hokim tumandagi “snos” voqeasidan keyin hokimiyatga kelgandi

Yakkabog‘ hokimi ham o‘zgardi. Sobiq hokim tumandagi “snos” voqeasidan keyin hokimiyatga kelgandi


Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani hokimi ham o‘zgardi. Bu haqda Xalq deputatlari Yakkabog‘ tuman kengashining navbatdagi sessiyasida ma’lum qilingan, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Sessiyada so‘z olgan viloyat hokimi Zoir Mirzayev Lutfiddin Abdullayevni tumanning yangi hokimi sifatida tanishtirgan.

Lutfiddin Abdullayev ancha yillar qishloq xo‘jaligi vazirligida, hokimlikka qadar esa Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, tumanning sobiq hokimi Abdurasul Safarov internetda shov-shuv bo‘lgan Yakkabog‘ voqeasidan so‘ng, 2019-yil 31-iyul kuni lavozimga tayinlangandi.

Avvalroq Muborak tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют