» » Millionlab qalblarni zabt etgan turk aktyorlarining umr yo‘ldoshlari (foto)

Millionlab qalblarni zabt etgan turk aktyorlarining umr yo‘ldoshlari (foto)


Turk aktyorlari butun dunyoda millionlab qizlar qalbini zabt etgan. Quyida hayotda ularning ko‘nglidan joy egallagan ayollar haqida so‘z yuritamiz.

Xalit Ergench (50 yosh) va Bergyuzar Korel (37 yosh)

“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Xalit Ergench bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i Bergyuzar bilan suratga olish maydonchasida tanishgan. Ular 2009-yilda turmush qurgan, hozirgi kunda ikki o‘g‘il farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazmoqda.

Kivanch Tatlitug‘ (36 yosh) va Bashak Dizer (43 yosh)

Kivanch Tatlitug‘ olamshumul mashhurligiga qaramay hayotda juda oddiy inson. U 2013-yilda bo‘lajak rafiqasi Bashak Dizer bilan tanishgan. Bashak Kivanch suratga tushayotgan filmda grimyor bo‘lib ishlagan. Ular yoshlari orasidagi farqqa qaramasdan bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan hamda 2016-yilda turmush qurgan.

Kaan Urganjio‘g‘li (39 yosh) va Zeynep Oymak (29 yosh)

“Sevgi iztirobi” filmidagi badjahl va zulmkor Amir obrazi bilan o‘zbek tomoshabinlariga tanilgan Kaan Urganjio‘g‘li hayotda og‘ir-bosiq, kamtar va aqlli inson. U yosh aktrisa Zeynep Oymakka ko‘ngil qo‘ygan. Kaan va Zeynep shaxsiy hayotini muxlislarga oshkor qilmaydi. Ularning birga tushgan suratlari ham juda oz.

Murat Yildirim (41 yosh) va Iman Elbani (32 yosh)

Muvaffaqiyatsiz birinchi turmushidan keyin Murat Yildirim ancha vaqtgacha yolg‘iz yashadi. Kunlardan bir kun u “Marokash go‘zali” hamda “Arab olami go‘zali” Iman Elbani bilan tanishib qoladi. Neft magnatining qizi Iman model va aktrisa sifatida faoliyat yuritib, Londonda yashardi. Uning qalbini zabt etish aktyorga oson bo‘lmagan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Imanning uyiga sovchi bo‘lib borgan. Shundan so‘ng juftlik turmush qurgan.

Burak O‘zchivit (35 yosh) va Fahriye Evjen (33 yosh)

Burak va Fahriye 2013-yilda suratga olish maydonchasida tanishgan, biroq u paytda aktyorlar bir-biriga shunchaki hamkasb sifatida qaragan. “Choliqushi” filmidagi sevishganlar obrazi ularni yaqinlashtirdi. “Ishq senga o‘xshar” filmidan so‘ng juftlik turmush qurishga qaror qildi. Ularning to‘ylari Bosfor sohilida romantik tarzda bo‘lib o‘tgan. 2019-yilda Fahriye va Evjen ilk marta ota-ona bo‘ldi. Ular o‘g‘liga Karan deb ism qo‘ygan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют