» » Angrendagi “Avto ideal xizmati” fuqarolarni 30 mlrd so‘mga chuv tushirgani ma’lum bo‘ldi

Angrendagi “Avto ideal xizmati” fuqarolarni 30 mlrd so‘mga chuv tushirgani ma’lum bo‘ldi


Toshkent viloyatining Angren shahrida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan “Avto ideal xizmati” MChJ 5 oy ichida 1506 nafar mijozning ishonchiga kirib, ularning 1283 nafarini chuv tushirgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, MChJ tomonidan fuqarolarga yetkazilgan zarar 30 milliard so‘mdan oshmoqda.

“Avto ideal xizmati” MChJ rahbarlari 2019-yil oktabr oyidan 2020-yilning mart oyiga qadar yiliga 5 foizlik ustama haq evaziga boshlang‘ich badal sifatida jami 1506 nafar yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnoma imzolab, mazkur shartnomalarga asosan 1506 nafar mijozdan avtomashinaning 20-30 foiz oldindan to‘lovi sifatida jami 36,3 milliard so‘m pulni jamiyat hisobiga tushirgan.

Jamiyat mansabdor shaxslari yuqorida kelib tushgan pul mablag‘lari hisobidan 228 nafar mijozga 23,6 milliard so‘mlik avtomashinalarni yetkazib berib, qolgan 1283 nafar mijozga, ular tomonidan avtomashinaning 20-30 foiz miqdorida boshlang‘ich badal sifatida to‘langan 30,5 milliard so‘m pul mablag‘lari evaziga avtomashinani yetkazib bermasdan yoki to‘langan pul mablag‘larini o‘z egalariga qaytarmasdan fuqarolarning huquqlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.

Ushbu holat yuzasidan 17-mart kuni Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan “Avto ideal xizmati” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, shahar prokuraturasiga dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun yuborilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilib, 31-mart kuni ayblanuvchi ishni yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan og‘ir va davomli kasallikka chalingani sababli Jinoyat protsessual kodeksining 364-moddasi 1-qismi 4-bandi bilan harakatdan to‘xtatilgan.

Jinoyat ishi shu yil 11-may kuni qayta tiklanib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “a” bandiga qayta malakalanib, dastlabki tergov harakatlarini davom ettirish uchun Angren shahar IIB tergov bo‘limiga yuborilgan.

Fuqarolarga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, qariyb 19 ming fuqaro avtomashina olish uchun “Avto 60 oy”  MChJga pul berib aldanib qolgan edi. Mazkur kompaniya rahbari tomonidan fuqarolarga yetkazilgan moddiy zarar hajmi 57 milliard so‘mga teng bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют