» » Habib Nurmagomedov MMA reytingida yetakchilikni saqlab qoldi

Habib Nurmagomedov MMA reytingida yetakchilikni saqlab qoldi


ESPN aralash janglar (MMA) yakkakurashchilarining yangilangan reytingini e’lon qildi.

Avvalgi oy bilan solishtirganda ro‘yxatning kuchli beshligida o‘zgarish sodir bo‘lmagan. Birinchi o‘rinda yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov bormoqda. Yarim og‘ir vazn chempioni Jon Jons esa ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, mutlaq yengil vazn chempioni Genri Sehudo uchinchi pog‘onadan joy olgan. Og‘ir vazn toifasi vakillari Stipe Miochich va Daniel Kormye kuchli beshlikdan o‘rin olgan.

6—10-o‘rinlarni quyidagi jangchilar egallagan: Israel Adesanya, Kamaru Usmon, Demetrius Jonson, Aleksandr Volkanovski va Jastin Getji. Ularning barchasi mart oyiga nisbatan bittadan o‘rin ko‘tarilishga muvaffaq bo‘lgan.

31 yoshli Nurmagomedov MMA’dagi 28 jangda 28 g‘alabaga erishgan. Rossiyalik yakkakurashchi 2020-yilning sentabr oyida yengil vazn toifasi vaqtinchalik chempioni Jastin Getji qarshi jang qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, UFC umumiy reytingida birinchi o‘rin Jon Jonsga tegishli, keyingi o‘rinlardan Nurmagomedov va Sehudo joy olgan.

Habib Nurmagomedov ham mag‘lubiyatga uchragan, faqat MMA’da emas (video).

Mavzuga doir: UFC 249. Jastin Getji Toni Fergyusonni muddatidan avval taslim qilib, yengil vaznda vaqtinchalik chempionga aylandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют