» » O‘zbekistonning yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni loyihasiga inklyuziv ta’lim tushunchasi kiritildi

O‘zbekistonning yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni loyihasiga inklyuziv ta’lim tushunchasi kiritildi


O‘zbekistonning yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun loyihasi 19-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ikkinchi o‘qishda qabul qilindi. Qonunga har bir bolaning ta’lim olishdagi teng huquqliligini ta’minlash, har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini olishga qaratilgan inklyuziv ta’lim tushunchasi ham kiritildi. Bu haqda Qonunchilik palatasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 19-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Ta’kidlanishicha, deputatlar 5—6-may kunlari bo‘lib o‘tgan palata majlisida qonun loyihasini moddama-modda, bobma-bob muhokama qilgan. Muhokama davomida bir nechta modda yuzasidan bir fikrga kelinmaganligi sababli ular ustida ishlarni davom ettirish hamda kelgusi majlisda ana shu moddalar atrofida to‘xtalib o‘tishga kelishilgan.

Qayd etilishicha, qonun loyihasini takomillashtirish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida loyihaning qoida va normalari maromiga yetkazilib, ortiqcha ma’muriy tartib-taomillar va tartibga solishning eskirgan mexanizmlarini bartaraf etish hisobiga kiritilgan 7 ta moddadan butunlay voz kechilib, aniq sohalardagi munosabatlarni tartibga soluvchi 9 ta yangi modda kiritildi.

Shuningdek, qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida 238 ta normaga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Loyihadan idoraviy ruhdagi bir necha normativ-huquqiy hujjatlarni qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qo‘llashga ta’sir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish natijasida 123 ta norma chiqarib tashlandi. Ularning o‘rniga 54 ta yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi normalar kiritilgan.

Bundan tashqari, qonun loyihasiga inklyuziv ta’lim tushunchasi ham kiritildi. Ta’kidlanishcha, bu tushunchaning kiritilishi har bir bolaning ta’lim olishdagi teng huquqliligini ta’minlash, har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Loyihaga amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilmagan yangi qoidalar kiritilmoqda. Endilikda qonun bilan mamlakatda yoshidan qat’i nazar, katta yoshdagilar uchun umri davomida bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab borish imkoniyatlari ham mustahkamlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunda inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti tushunchasi kiritilgan.

Mavzuga doir: Madrasalarda inklyuziya bo‘ladimi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют