» » O‘zbekiston tumanlarida “Tomorqa xizmati” MChJlar tashkil etiladi

O‘zbekiston tumanlarida “Tomorqa xizmati” MChJlar tashkil etiladi


Prezidentning “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, har bir tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlari hududida kamida bittadan “Tomorqa xizmati” MChJlar tashkil etiladi. Mazkur MChJlarga issiqxona, sovutgichli omborxonalar, chorvachilik majmualari qurish uchun kamida 3 gektardan yer ajratish belgilangan.

Shuningdek, ular uchun viloyat va tuman (shahar) markaziy dehqon bozorlarida, aholi gavjum punktlarida maxsus savdo maydonlarini ajratish ko‘zda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari, “Tomorqa xizmati” MChJ va qishloq xo‘jaligi kooperativlariga Fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari hisobidan Markaziy bankning asosiy stavkasida va undan yuqori ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining 50 foizini qoplab berish tizimi joriy qilinadi.

Suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari, dehqon xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun artezian quduqlarini qazish, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish uchun davlat budjeti hisobidan subsidiya ajratiladi.

Bundan tashqari, “Tomorqa xizmati” MChJ va qishloq xo‘jaligi kooperativlari davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab ushbu qarorga muvofiq ularning asosiy faoliyati doirasida 5 yil muddatga qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari barcha turdagi soliqlardan ozod etilishi mumkin.

Qaror loyihasi muhokamasi 29-maygacha davom etadi. Uning to‘qli matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют