» » O‘zbekiston Musulmonlari idorasi aholini Qadr kechasida uyda qolib ibodat qilishga chaqirdi

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi aholini Qadr kechasida uyda qolib ibodat qilishga chaqirdi


O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati mamlakat aholisini Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligida keladigan Qadr kechasini uyda o‘tkazishga chaqirdi.

Fatvo hay’ati tomonidan ta’kidlanishicha, Qadr kechasini har kim o‘z uyida o‘tkazgani sunnatga muvofiq bo‘ladi. Chunki birorta hadisda bu kechada to‘planish, ziyofat qilishga targ‘ib yo‘q. Mujtahid ulamolar va ulardan keyingi olimlarning so‘zlarida ham Qadr kechasi uchun jamlanishni fazilatli amal ekani haqida ma’lumot yo‘q.

Qayd etilishicha, aslida tungi ibodat va zikrlar yolg‘iz holda, odamlarning ko‘z o‘ngidan yiroqda, riyo va sum’adan xoli tarzda ado etilishi bilan fazilatli hisoblanadi.

Mavzuga doir: “Hayit namozi qay tarzda o‘qilishi borasida rasman xabar beriladi”. Usmonxon Alimov internetda tarqalgan mish-mishlar haqida

“Qolaversa, hozirgi karantin qoidalari davom etib turgan vaqtda bir joyga jamoat bo‘lib yig‘ilish o‘z jonini tahlikaga qo‘yishdir. Shuning uchun har birimiz uyimizda qolib, oila davrasida ibodat qilaylik va Qadr kechasini imkon qadar fayzli o‘tkazaylik.

Alloh taolo bu kechadagi duo va ibodatlarimizning barakotidan tez kunlarda yurtimizni har xil kasalliklardan xalos qilib, turli balo-ofatlardan O‘z hifz-u himoyasida saqlasin! Yurtimiz tinchligi va osmonimiz musaffaligi doimiy bo‘lsin!”, — deyiladi Fatvo hay’ati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Musulmonlari idorasining Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotida taroveh namozlarini uyda o‘qish tavsiya qilingandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi taroveh va juma namozlarini masjidlarda o‘qish boshlanishi haqidagi audioxabar yolg‘on ekanini bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 102) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют