» » Farg‘onada ikki kun ichida 3 yoshli ikki nafar bola YTH qurboni bo‘ldi

Farg‘onada ikki kun ichida 3 yoshli ikki nafar bola YTH qurboni bo‘ldi


Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida 18-may kuni soat 14:50 larda 3 yoshli bolani “Jiguli” urib ketdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa “O‘qchi” mahallasi hududidan o‘tgan 4R-154 Qo‘qon–Yaypan–Isfara avtomobil yo‘lining 12-kilometrida yuz bergan. 1998-yilda tug‘ilgan I.M. boshqaruvidagi “Vaz-21011” avtomobili tezlikni me’yordan oshirgan holda harakatlanayotganda to‘satdan yo‘lga yugurib chiqqan 2017-yilda tug‘ilgan E.T.ni urib yuborgan.

Oqibatda 3 yoshli E.T. (o‘g‘il bola) og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan O‘zbekiston tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Mavzuga doir: Farg‘onada Captiva velosiped haydovchisini urib yubordi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi

17-may kuni ham Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumani “O‘qchi” mahallasi ichki yo‘lida traktor tirkamasi 3 yoshli bolani bosib ketgandi. Bola hodisa joyida vafot etgan.

Shuningdek, 12-may kuni Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida Matiz haydovchisi ichki yo‘lda o‘z hamqishlog‘i bo‘lgan 4 yoshli bolani katta tezlikda urib yuborgan. Oqibatda bola shifoxonada vafot etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 1) ( 25) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...