» » O‘zbekiston parlamentida davlat kompaniyalari rahbarlarining hisobotini tinglash tartibi joriy qilinadi

O‘zbekiston parlamentida davlat kompaniyalari rahbarlarining hisobotini tinglash tartibi joriy qilinadi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 19-may kuni “Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi, “Oliy Majlis Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati va “Yuksalish” umumilliy harakati raisi Akmal Burhonov ma’lum qildi.

O‘zgartirishlarga ko‘ra, Qonunchilik palatasi va Senatga o‘zining majlisida davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishi mumkinligi belgilanmoqda.

Hozirgacha parlament a’zolari Qonunchilik palatasi va Senat majlislarida faqatgina hukumat a’zolari, hisob palatasi, bosh prokuror va Markaziy bank boshqaruvi raisining hisobotini eshitish huquqiga ega edi.

Ushbu o‘zgartirishlar kuchga kirsa, parlament a’zolari yuqoridagi idoralar bilan bir qatorda xo‘jalik boshqaruvi organlari, masalan, Uzbekistan Airways yoki Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbarlarining ham axborotlarini eshitish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Avvalroq Qonunchilik palatasining 19-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida O‘zbekistonning yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ham ma’qullangani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Senatning 11-may kuni chaqirilgan to‘rtinchi yalpi majlisida “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturining 2020-yil birinchi choragidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining, Ombudsman, hisob palatasi, bosh prokuror va Markaziy bank boshqaruvi raisining 2019-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari eshitilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 142) ( 0) ( 141) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют