» » Yana 12 ming fuqaroni O‘zbekistonga qaytarib olib kelish choralari ko‘rilmoqda — Shavkat Mirziyoyev

Yana 12 ming fuqaroni O‘zbekistonga qaytarib olib kelish choralari ko‘rilmoqda — Shavkat Mirziyoyev


O‘zbekiston hukumati xorijiy mamlakatlardan og‘ir ahvolda qolgan yana 12 ming nafar fuqaroni qaytarib olib kelish choralarini ko‘rmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Yig‘ilishda kasallikni yuqtirgan 2 802 nafar fuqarodan 2 314 nafari yoki 82 foizi butunlay sog‘aygani qayd etib o‘tilgan. 23 ming nafar tibbiyot xodimlariga esa jami 78 milliard so‘mdan ziyod rag‘batlantirish puli to‘lab berilgan.

“Kasallikka qarshi kurashish bilan birga, chet ellardagi fuqarolarimiz haqida ham qayg‘uryapmiz. Hozirgi kungacha xorijdan 39 ming nafar yurtdoshlarimizni olib keldik. Tashqarida og‘ir ahvolda qolgan yana 12 ming nafar fuqaromizga tegishli yordam ko‘rsatib, ularni yurtimizga olib kelish choralari ko‘rilmoqda”, — deb ma’lum qilgan Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev 7-may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda boshqa mamlakatdan 11 ming nafar fuqaroni qaytarish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi. 8—10-may kunlari Dubay (BAA), Minsk (Belarus), Seul (Janubiy Koreya) va Dehli (Hindiston)dan amalga oshirilgan charter reyslar orqali 800 dan ortiq vatandosh mamlakatga qaytdi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 24-mayga qadar amalga oshiriladigan charter reyslar jadvalini e’lon qilgan edi.

Bundan tashqari, Rossiya—Qozog‘iston chegarasida to‘plangan 1100 nafar vatandosh Prezident topshirig‘iga asosan 18—19-may kunlari avtobuslarda O‘zbekistonga olib ketildi.

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiyada karantin cheklovlari sharoitida bo‘lib turgan 65 mingga yaqin fuqaro vatanga qaytish bo‘yicha onlayn ariza topshirganini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют