» » Samsung noodatiy oynani sotuvga chiqaradi (video)

Samsung noodatiy oynani sotuvga chiqaradi (video)


Samsung kompaniyasi xonadonda quyosh nurini stimulyatsiya qilishga qodir SunnyFive loyihasini ilgari surmoqda, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.

SunnyFive tashqi ko‘rinishi bilan haqiqiy oynaga o‘xshaydi, biroq shaffof oyna o‘rnini xira panel egallagan. Romning tashqi qismida maxsus lampalar o‘rnatilgan bo‘lib, quyosh nuri spektorini hosil qiladi.

Quyosh nuri imitatsiyasi nafaqat qulaylik yaratadi va tabiiy yorug‘lik effektini beradi, balki odamga D vitamini sintezini amalga oshirishda yordam beradi. Shu bilan birga, mazkur lampalar ultrabinafsha nurlarning ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.

SunnySide oynalaridagi sun’iy yorug‘lik hatto yorug‘lik sinish burchagini o‘zgartirish imkonini beradi, xuddi real hayotdagi Quyosh singari. Buning uchun qurilma “aqlli” uy tizimiga ulanib, shahardagi quyosh faolligi sikli bilan sinxronlashadi.

Kompaniya hozircha o‘z mahsuloti narxini va qachon sotuvga chiqishini e’lon qilmagan. Bir narsa ma’lumki, Samsung ushbu g‘oyani rivojlantirish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Samsung SunnyFive startapini yil boshida o‘tkazilgan CES 2020 ko‘rgazmasida namoyish etgandi. U kompaniya ichidagi gadjetlarni sinovdan o‘tkazuvchi kichik jamoaning C-Lab laboratoriyasida yaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют