» » O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarga nafaqalarni to‘lash “Yagona reyestr” orqali amalga oshiriladi

O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarga nafaqalarni to‘lash “Yagona reyestr” orqali amalga oshiriladi


Vazirlar Mahkamasi 15-may kuni “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-apreldagi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida yangi qarorni imzoladi.

Norma’ning yozishicha, 13-apreldagi qarorda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi (“Yagona reyestr” AT) joriy etilishi nazarda tutilgan. Hujjat bilan idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda ijtimoiy davlat xizmatlarini ko‘rsatish va aholiga yordam berish bilan bog‘liq tartib-taomillarni avtomatlashtirish, ariza beruvchilar hamda ijtimoiy davlat xizmatlari va yordam oluvchilarning yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha vazifalar qo‘yilgan.

Kam ta’minlangan oilalarga “Yagona reyestr” AT orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam berish masalasini ko‘rib chiqish va tayinlash tartib-taomillari Sirdaryo viloyatida pilot loyiha doirasida 2019-yil 1-oktabrdan boshlab amalga oshirilgan.

Yangi hujjatda belgilanishicha, kam ta’minlangan oilalarga 2019-yil 1-oktabrgacha tayinlangan ijtimoiy nafaqalarni to‘lash 2020-yil 1-maydan boshlab kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilangan tartibda “Yagona reyestr” AT orqali amalga oshiriladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga 2020-yil 1-iyunga qadar o‘z axborot tizimida jamoat ishlari haqini to‘lash bo‘yicha elektron to‘lov ro‘yxati har bir oluvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ko‘rsatilishini hisobga olgan holda shakllantirilishini ta’minlash vazifasi topshirildi.

Hujjat 16-maydan kuchga kirgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda ilk bor aholi turmush darajasi haqidagi tahlil natijalari e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют