» » Abort qildirmoqchi bolganman, biroq Xudo Krishtianuning tugilishini xohlagan. Ronalduning onasi haqida kichik hikoya

Abort qildirmoqchi bolganman, biroq Xudo Krishtianuning tugilishini xohlagan. Ronalduning onasi haqida kichik hikoya


Krishtianu Ronaldu sozsiz songgi yillarning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Ketma-ket sovrinlar, rekordlar va eng asosiysi barqaror oyinlar uning haqiqiy darajasidan har soniya darak berib turadi. Ammo shunday futbolchi dunyo yuzini kormasligi mumkin edi. Quyida futbolchi va uning onasi haqidagi bazi haqiqatlar hikoya qilinadi.

Krishtianu Ronaldu bugungi kunga kelib Yuventus va Portugaliya terma jamoasining yulduz futbolchisi hisoblanadi. Ronaldu Yevropa chempioni, Chempionlar Ligasining besh karra golibi, shuningdek, Oltin top sovrinini ham besh marta qolga kiritgan. Uni hatto futboldan ancha yiroq kishilar yaxshi biladi. Chunki Ronaldu shunchaki futbolchi emas, balki undan ham ortiqroqdir. Bu zamonaviy sportning oziga xos belgisi bolib, allaqachon futbol va basketbol maydonlari yoki tennis kortlaridan tashqariga chiqishga ulgurgan. Oz zamonasining muvaffaqiyatli sportchisi birinchi navbatda, yorqin media vakili hamdir. Ronaldu faqatgina reklama shartnomalari orqali yiliga yevroda on millionlab pul topadi.

Biroq kopchilik Ronalduning bogbon Jose Dinish Aveyru va oshpaz Mariya Doloresh dush Santush Aveyrular oilasida unchalik ham orziqib kutilmagan bola bolgani haqidagi mish-mishlarni eshitgan bolsa ajab emas. Agar bunga ishonilsa, keyinchalik AQShning 40-prezidenti Ronald Reygan sharafiga atab ism qoyilgan bolani, onasi abort qildirmoqchi bolgan degan xulosaga kelish mumkin.

Bunga ishonish kerakmi yoki yoq? Faqatgina mish-mish va tana-malomatlarga tayanmaslik uchun togridan togri asl manbaga 2014-yilda nashr etilgan yulduz futbolchining volidasi haqida hikoya qiluvchi Onalik jasorati nomli avtobiografik asarga murojaat etish lozim.

Aveyru xonim mazkur kitobda tortinchi homiladorligi haqida bilgach, bolani ikki marotaba oldirib tashlashga uringanini aytadi. Dastavval, ayol mutaxassisga murojaat qiladi, tekshiruvlardan song shifokor unga soglom bolani dunyoga keltirish uchun hech narsa tosqinlik qilmasligini va abortga hojat yoqligini aytadi. Bu esa ayolni biroz ranjitdi.

Ronalduning onasi tortinchi farzandni tugishni istamaganini oilaning moliyaviy imkoniyatlari bilan boglaydi. Avvaliga hammasi kongildagidek bolgan, oila keyinchalik koplab muammolarga duch keladi. Barchasi Ronalduning otasi armiyaga chaqirilganidan va Afrikaga Portugaliya nazoratidagi mamlakatlar, xususan Mozambik va Angoladagi millatchilik harakatlarini bostirish uchun jonatilganidan keyin boshlanadi. Osha paytga kelib, Aveyrular oilasida ikkita farzand tugilgandi, ammo Dinish armiyadan butunlay boshqa odam bolib qaytadi.

Aveyru xonim turmush ortogining urushdan kelgach, ichkilikka ruju qoyganini, garchi, hech qayeri tirnalmagan bolsa-da, mayib bolib qaytganini takidlaydi.

Krishtianuga homiladorlik vaqtimda uni oldirib tashlash haqida oylaganman. Oshanda 30 yoshda edim va uchta farzandim bor edi. Oilamiz juda kambagal yashardi va har xil muammolarga duch kelardi. Erim juda kam pul topardi.Shifokorlar operatsiya qilishdan bosh tortdi. Shunday qilib tortinchi farzandimni tugishga majbur boldim. Hayotda nimagaki erishgan bolsam, hammasi oglim tufayli. Men abort qildirmoqchi bolganman, biroq Xudo buni xohlamagan, deb yozadi Doloresh oz kitobida.

Shifokorlarning rad javobi uni qoniqtirmaydi, u esa taslim bolishni istamaydi. Homilani tushirish uchun qoshni ayolning maslahatiga quloq solib, issiq va qoramtir pivo ichishni, hamda turli nojoya harakatlar qilishni boshlab yuboradi. Yaxshiyamki, ayolning dahshatli rejasi ish bermaydi va bu chaqaloqning sogligiga tasir qilmaydi.

Ronaldu onasining avtobiografik kitobi Portugaliyada keskin tanqidlarga uchraydi. Bunga sabab mamlakat kelajakdagi futbol dahosidan mahrum bolishi emas, balki Portugaliyada Yevropaning boshqa davlatlariga qaraganda, abort masalasiga jiddiyroq yondashilishidir.

Doloresh Aveyruning ozi ham intervyularidan birida bu voqeani birinchi marta ogliga aytib berganida xavotirga tushganini yashirmagandi. U farzandining buni tushunmasligidan va oilasidan voz kechishi mumkinligidan qorqqandi. Allaqachon muvaffaqiyatga erishgan va badavlat insonga aylangan Ronaldu shunchaki, jilmayib: Kordingizmi, ona bir paytlar mendan qutulmoqchi bolgansiz, biroq bunday bolmagan, hozir esa men hammamizni boqyapman, degan ekan.

Mavzuga doir:Krishtianu Ronaldu onasiga Mercedes-Benz sovga qildi

Aslida Krishtianu onasining hayot yolini yaxshi bilardi. Doloresh bolaligida haqiqiy dahshatni boshdan kechiradi 5 yoshligida onasidan ajraladi, otasi esa boshqa ayolga uylanib, qizini bolalar uyiga topshirib yuboradi. U yerda qiz zoravonlik va tahqirlarga duchor boladi. Qizaloqni oziga xos tarzda qayta tarbiyalash ish bermagach, bolalar uyi Doloreshni otasiga qaytaradi, ammo u qiziga nisbatan hech qanday iliq hislarga ega emasdi, aksincha, qizning har qanday aybi uchun kaltaklash va jazolashda davom etardi.

Doloresh 13 yoshidan boshlab deyarli mustaqil hayotga qadam qoyadi. U oziga bir burda non topish maqsadida soatlab sabzavot va mevalar uchun savat toqirdi. Bunday yashash tarzi uning hayotdan sovishiga va iztiroblariga sabab boladi. Shu bois Doloresh oz joniga qasd qilishga ham urinadi, xayriyatki, buning oldi olinadi.

Doloresh keyinchalik Dinish ismli yigitni uchratadi va ular oila qurib, farzandli boladi. Hamma narsa yaxshilana boshlagandi. Biroq armiya barchasini ozgartirib yubordi.

Dinish Aveyru hayotining songgi kunlarigacha ichkilikka qarshi kurashdi. U 2005-yilda vafot etadi, Ronaldu osha paytda Manchester Yunaytedning yosh yulduzi bolishga ulgurgandi. 20 yoshli Krishtianuga otasi olamdan otgani haqidagi noxush xabar 2006-yilgi Jahon Chempionati saralashidan orin olgan Rossiya va Portugaliya uchrashuvi oldidan yetkaziladi. Ronaldu osha oyinga koz yoshlarini tiyolmay kirgandi...

Jahon futbol yulduzi otasi bilan yaqin munosabat ornata olmagan bolsa ham, u har doim otasini yaxshi korgan. Ronaldu yaxshi pul ishlashni boshlagandan keyin otasining sogligini tiklashga harakat qiladi, ammo juda kech edi spirtli ichimliklar jigarni ishdan chiqargandi.

Shundan beri Doloresh Aveyru Ronalduning hayotidagi eng asosiy insonga aylanadi. Kimdir uni onasining ogli desa, yana kimdir boshqacha ataydi. Lekin portugaliyalik futbolchi koplab tosiqlarga qaramay, ozini ozi shu darajaga yetkazdi, umidsizlik hamda dilgirliklardan qutulishga muvaffaq boldi va dunyo aholisining aksariyatiga yaxshi malum bolgan insonga aylandi. Asosiysi, Ronaldu hech qachon ota-onasiga nisbatan gina saqlamaydi, ularni yodga olgan har bir intervyusida kibr va dimogdorlikdan yiroq, samimiy inson hamda mehribon ogilga aylanadi. Shu bilan birga 35 yoshida uning tort farzandi bor.

Mavzuga doir:Ronalduning onasi shifoxonaga tushib qoldi. Ayol insultga chalingan bolishi mumkin

Boshqa intervyu va maqolalar:

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (19-05-2020, 21:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
:
-
:
20 ... -