» » Tramp koronavirusning oldini olish uchun bezgakka qarshi preparat qabul qilayotganini tan oldi

Tramp koronavirusning oldini olish uchun bezgakka qarshi preparat qabul qilayotganini tan oldi


Tramp koronavirusga chalinishning oldini olish uchun bezgakni davolashga mo‘ljallangan preparat — gidroksixlorin qabul qilayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda CNN.

Prezidentning aytishicha, u preparatni bir yarim haftadan beri qabul qilmoqda. Tramp uni qabul qilishdan oldin Oq uydagi shifokor bilan maslahatlashganini ta’kidlagan.

Donald Tramp bezgakka qarshi gidroksixloroxin va xloroxin preparatlarining koronavirusni davolashdagi ta’sirini bir necha bor ijobiy baholagan. Xususan, bezgakka qarshi preparatlarning samaradorligi haqida 19-mart kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytgan bo‘lib, ertasi kuniyoq unga bo‘lgan talab 46 baravar oshgandi.

Mutaxassislar esa COVID-19’ni davolashda rasman tasdiqlanmagan ushbu preparatlar haqida bunday xulosaga kelishga hali erta ekanligini aytib, uning ko‘plab salbiy ta’sirlari borligidan ogohlantirgan.

Mutaxassislarning fikricha, yurak kasalligi bo‘lgan bemorlar, shuningdek, yurak urishiga ta’sir o‘tkazuvchi antidepressantlarni qabul qiladigan odamlarda ushbu preparatlarni qabul qilish o‘lim bilan yakunlanishi ehtimoli bor.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 20) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют