» » O‘zbekistonda mahkumlarga jo‘natma va banderollarni yetkazib berish qayta yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda mahkumlarga jo‘natma va banderollarni yetkazib berish qayta yo‘lga qo‘yildi


O‘zbekistondagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga jo‘natma va banderollarni yetkazib berish 15-maydan boshlab qayta tiklandi. Bu haqda “O‘zbekiston pochtasi” ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha maxsus komissiyaning 6-maydagi yig‘ilish bayoniga asosan, 2020-yilning 8-may kunidan boshlab respublika hududida karantin bo‘yicha cheklovlarning bosqichma-bosqich bekor qilib borilishi belgilangandi.

Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tomonidan jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning qonuniy huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida 15-may sanasidan boshlab mahkumlarga jo‘natma va banderollarni yetkazib berishga ruxsat berilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda xalqaro aviapochta jo‘natmalarini yuborish qisman tiklangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Karantin vaqtida pochta aloqasi obyektlarida saqlanib turilgan pochta jo‘natmalaridan qo‘shimcha haq olinmaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют