» » Xitoydagi cho‘l odamlar mehnati bilan 70 yilda yashil vohaga aylandi (video)

Xitoydagi cho‘l odamlar mehnati bilan 70 yilda yashil vohaga aylandi (video)


Xitoyning shimoli-g‘arbida joylashgan va mamlakatdagi eng yirik to‘rtta cho‘lning biri bo‘lgan Mu-Us sahrosining 93,24 foizi 70 yilda yashil vohaga aylandi. Bu haqda “Populyarnaya mexanika” ma’lum qildi.

Cho‘l 42,2 ming kvadrat kilometr maydonni egallagan. Ilgari bu joylar daraxtsiz va ekin ekilmaydigan jonsiz yer bo‘lgan. Mu-Usdan kelgan shamol va qum bo‘ronlari sababli cho‘l chetida joylashgan Yuylin shahri uch marta janubga ko‘chirilgan.

Mahalliy aholi 1959-yildan boshlab qum bo‘ronlarini qaytarish uchun daraxtlar ekishni boshlagan. Ko‘p yillik harakatlar yashil hududlarning shimol tomonga 400 kilometr uzayishiga olib keldi.

1950-yillarda Yuylin shahrida o‘rmon qoplamasi bor-yo‘g‘i 0,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozir u 33 foizga yetdi.

Endi mahalliy aholi COVID-19 pandemiyasi tufayli yo‘qotilgan vaqtni qoplash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. May oyining oxiriga qadar 400 gektar qumli yerga daraxt ekiladi.

Cho‘lni yashillashtirish nafaqat qum bo‘ronlari bilan bog‘liq muammolarni hal qildi, balki u hududning kompleks rivojlanishiga ham olib kelmoqda.

Avval mazkur hududdagi aholi daromadi jon boshiga 200-300 yuanni (30-40 dollar) tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi paytda bu ko‘rsatkich 30 000 yuandan (4200 dollar) oshmoqda.

Mavzuga doir: Kanadadagi hayvonot bog‘i bambuk yetishmayotgani tufayli ikkita pandani Xitoyga qaytarmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют