» » BAAda koronavirusga chalinganlar soni 25 ming nafardan oshdi

BAAda koronavirusga chalinganlar soni 25 ming nafardan oshdi


Birlashgan Arab Amirliklarida koronavirus bilan kasallanish holatlarining umumiy soni 25 mingtadan oshdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Vazirlik axborotiga ko‘ra, oxirgi bir sutka ichida 873 ta yangi kasallanish holati aniqlangan va COVID-19’ga chalinganlar soni 25 063 nafarga yetgan. Epidemiya boshlanganidan beri 10 791 kishi kasallikdan tuzalgan, 227 nafar bemor uning asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Avval BAAda odamlarning uydan chiqishiga qo‘yilgan taqiq bekor qilingan va dezinfeksiya ishlari amalga oshirilganidan keyin shaharlarda jamoat transportining harakatlanishiga ruxsat berilgandi. Shuningdek, BAA hukumati rezidentlik vizasiga ega, mamlakatda qarindoshlari qolgan xorijliklarning 1-iyungacha amirliklar hududiga qaytishiga ham izn bergan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti butun dunyoda COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishini 11-mart kuni pandemiya darajasiga chiqqanini e’lon qilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusni yuqtirib olganlarning umumiy soni 4,6 milliondan oshdi, 311 mingdan ortiq odam vafot etdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют