» » O‘zbekistonda 19-may kuni 64 kishida koronavirus aniqlandi, 24 kishi kasallikdan sog‘aydi

O‘zbekistonda 19-may kuni 64 kishida koronavirus aniqlandi, 24 kishi kasallikdan sog‘aydi


O‘zbekistonda 19-may soat 23:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 30 kishiga ko‘paybi, 2855 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq, 19-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, 2825 kishida kasallik aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 6 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 24 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan shaxslar orasidan qayd etildi (ularning 19 nafari 14-may kuni charter reys bilan Sankt-Peterburgdan, 5 nafari 15-may kuni Qozog‘istondan kelgan).

19-mayda kun davomida jami 64 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan bo‘lib, ularning 57 nafari xorijdan kelgan, olti nafari Samarqand viloyati va bir nafari Toshkentda oldin karantinga olingan fuqarolardir.

Ayni paytda O‘zbekistonda 2338 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro butunlay sog‘aygan, xususan, 19-mayda kun davomida mamlakat bo‘yicha jami 24 kishi kasallikdan sog‘aydi. O‘zbekistonning to‘qqiz hududidagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida 504 nafar bemor davolanmoqda.

O‘zbekistonda ilk bor koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati qayd etilganidan buyon 13 kishi uning asoratlari oqibatida vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют