» » “Forsaj” yulduziga tegishli BMW yangi M8 Competition narxida sotuvga qo‘yildi

“Forsaj” yulduziga tegishli BMW yangi M8 Competition narxida sotuvga qo‘yildi


AQShda “Forsaj” filmi yulduzi Pol Uokerga tegishli bo‘lgan E30 kuzovidagi BMW M3 kupesi sotuvga qo‘yildi. Birinchi avlodga mansub 29 yoshli M3 21,3 ming kilometr masofa bosgan bo‘lib, uning uchun 150 ming dollar so‘rashmoqda, deb xabar beradi eBay.

Marhum Pol Uokerning sobiq BMW M3 mashinasi ajoyib holda saqlangan: avtomobil o‘zining original rangida, charm o‘rindiqlar qayta tikilmagan, plastik detallarida esa yemirilish izlari yo‘q. Avtomobilning hozirgi egasi kupega M3 Sport Evolution yangi g‘ildiraklarini o‘rnatgan. 1991-yildan buyon mashina 21 312 kilometr masofa bosgan, xolos.

E30 seriyali M3 modeliga 194 ot kuchiga ega to‘rt silindrli 2,3 litrli BMW S14B23 atmosfera dvigateli o‘rnatilgan. Agregat besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

M3 E30’ning qimmatligi nafaqat uning tarixiga, balki kam sonli ishlab chiqarilgani bilan ham bog‘liq — bu turdagi modeldan 5300 nusxa ishlab chiqarilgan. Pol Uokerga tegishli bo‘lgan avtomobil esa so‘nggi partiyadagilardan biri.

Mashinaning hozirgi egasi M3 uchun 149 980 dollar so‘ramoqda. Bu pulga AQShda ikkita BMW M4 F82 kupesini yoki 625 ot kuchiga ega yangi BMW M8 Competition xarid qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют