» » Braziliya koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Britaniyadan o‘zib ketib, dunyoda 3-o‘ringa chiqib oldi

Braziliya koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Britaniyadan o‘zib ketib, dunyoda 3-o‘ringa chiqib oldi


Braziliya koronavirusga chalinganlar sonining ko‘pligi bo‘yicha dunyo bo‘yicha 3-o‘ringa chiqib oldi, futbol mamlakati Britaniyani 4-pog‘onaga tushirib yubordi. Bu haqda AQShning Jons Hopkins universiteti taqdim etgan statistik ma’lumotlarda qayd etilgan.

Mamlakatda 255 mingtadan ko‘proq kasallanish holatlari kuzatilgan. Braziliya hozirchi bu borada Rossiya hamda AQShdan ortda qolmoqda. Rossiyada 299 ming nafar odam kasallangan bo‘lsa, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 1,5 milliondan ham ko‘proq. Braziliyadan keyingi o‘rinlardan G‘arbiy Yevropa mamlakatlari: Ispaniya, Italiya, Fransiya va Germaniya joy olgan. Dunyo bo‘yicha infeksiya bilan kasallanganlarning umumiy soni 4,8 million nafardan oshib ketgan.

Braziliya hukumati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda epidemiya boshlanganidan beri COVID-19 kasalligidan 16,8 ming kishi vafot etgan. O‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha mamlakat dunyo davlatlari orasida 5-o‘rinda joylashgan. Rasmiy ma’lumotlar bo‘yicha, butun dunyoda 318,7 ming kishi koronavirus infeksiyasi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Mavzuga doir: Braziliyada 99 yoshli urush faxriysi koronavirusdan tuzaldi

18-mayda braziliyalik tibbiyot eksperti mamlakatda kasallanganlar sonining jadal sur’atlarda o‘sib borayotganidan xavotirda ekani va raqam 3,5 millionga chiqishi mumkinligini bildirgan. Uning fikricha, hukumat barcha bemorlarni aniqlash uchun testlarni yetkazib bera olmaydi.

Mavzuga doir: Braziliyada sutka davomida koronavirusga chalingan va undan vafot etganlar soni rekord darajaga yetdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют